Ötgan asrda zamonaning uluğ qalamkaşlari bir viloyatda xalq oralab uçraşuvlar ötkazişgani, şe'rxonliklar uyuştirilgani sir emas. Ana şunday uçraşuvlardan biri tugagandan söng yozuvçilar mehmonxonada dam olib ötirganlarida radiodan ijodkorlarga davlat mukofotlari berilganligi töğrisida xabar e'lon qilinadi. Hamma bu röyxatda özining bor-yöqligini biliş uçun taraddudlanib qoladi. Kimdir bu borada Toşkentga telefon qilib, biliş mumkinligini aytadi. Mukofotlanganlar orasida Asqad Muxtor, Turob Töla va Said Ahmadlar bor edi. Telefon orqali röyxatni qayta-qayta suriştirişmasin, Şayxzoda yöq edi.

Bu haqdagi xabarni ustozga aytiş noqulay ekanligidan Said Ahmad Toşkent bilan boğlanişning iloji bölmadi, deb aytadi. Ammo domla ertasi kuni gazetani, albatta, topib öqişi mumkin-ku. Şuning uçun mukofotlangan yoşlar uni bu noxuş holatga tayyorlamoqçi böladilar.

– Domla, – deydi yoş yozuvçilardan biri, – siz bilan menga mukofot berişarmidi? Şu yoruğ dunyoda yurişimizning özi mukofot emasmi?

– Yöq, – deydi domla işonç bilan. – Sizni-ku, bilmayman, ammo menga...

– Ordenga şunçalik işqivozmisiz? – deydi hazilga suyagi yöq yoşlardan biri.

– Gap ordenda emas... Ammo mening yuzlab talabalarim şu topda radio karnayiga quloq tutib ötirişipti. Şular oldida xijolat bölmay deyman-da…— deydi Maqsud Şayxzoda. Çindan ham, “Jaloliddin Manguberdi”, “Mirzo Uluğbek” kabi tarixiy dramalar, köplab yuraklarga yetib borgan şe'rlar muallifi M. Şayxzoda zamona qadriga yetmagan siymolardan edi.