Marko Rubio Özbekiston va AQŞ örtasidagi strategik şeriklikni rivojlantiriş, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirişga qöşgan ulkan şaxsiy hissasi uçun taqdirlandi.

Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonda, şuningdek, uning Markaziy Osiyoda tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni taʼminlaşga qaratilgan saʼy-harakatlarni qöllab-quvvatlaş, Özbekistonning xalqaro miqyosdagi taşabbuslarini ilgari suriş hamda ikki mamlakat xalqlari örtasidagi özaro işonç va döstlikni mustahkamlaşdagi xizmatlari qayd etilgan.

Serjio Gor esa Özbekiston va AQŞ örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaş, uzoq muddatli strategik şeriklikni kengaytiriş va siyosiy-diplomatik muloqotni faollaştirişdagi alohida xizmatlari uçun «Döstlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Şuningdek, uning Özbekistonning iqtisodiy salohiyati va investitsiyaviy imkoniyatlarini AQŞda tarğib etiş, amerikalik investorlar va yetakçi kompaniyalarni mamlakatga jalb qiliş, energetika, sanoat, transport va boşqa ustuvor sohalardagi özaro manfaatli loyihalarni ilgari suriş hamda Amerika–Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasi eʼtirof etilgan.








