Toşkent viloyatining Yuqoriçirçiq tumanida jinoyat sodir böldi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
Qayd etilişiça, 19 mart kuni Yangibozor qörğoni Çirçiq mahallasida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan F.A. IIBga murojaat qilib, 2018 yil 22 fevral kuni soat 14.00larda noma'lum şaxs Navbahor mahallasi hududida joylaşgan avtomaşinalarga texnik xizmat körsatiş şoxobçasida qarovsiz qoldirilgan “Spark” rusumli avtomaşinasi salonidan, unga tegişli “SAMO R-23” rusumli pnevmatik töpponçasi va 3.000.000 söm pulini öğirlab ketganligini ma'lum qilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Yuqoriçirçiq tumani Kavardon dahasi Mexanizator köçasida yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan J.X. sodir etganligi aniqlanib qölga olingan.








