Tojikiston alyuminiy kompaniyasi (TALKO) rahbariyati öz texnik ehtiyojlarini qondiriş uçun Özbekistondan tabiiy gaz sotib oliş rejalari borligi haqida rasmiy ravişda e'lon qildi. TALKO jamoatçilik bilan aloqalar bölimi vakillarining mahalliy ommaviy axborot vositalari jurnalistlariga bergan ma'lumotiga köra, gap umumiy qiymati 15 million dollardan köproq bölgan bitim haqida ketyapti.
Bu yil Tojikiston 126 million «kub» sotib oladi - bu alyuminiy zavodining «kök» yoqilği umumiy iste'moli hajmidan 30 foizni taşkil qiladi. Bir ming «kub» kompaniya uçun 120 dollarga tuşadi, bu bozor narxidan ikki barobarga pastroq.
TALKOning rasmiy vakillari ta'kidlaşiça, zavod tomonidan işlab çiqarilgan kömirdan olingan tabiiy gazning 70 foizi soliştirma narxini Özbekistondan keladigan gaz narxiga tenglaştiriş mumkin.
Kompaniyaning şuningdek qöşimça qilişiça, qöşni davlatdan gaz yetkazib berişda heç qanday qöşimça xarajatlarning hojati yöq, çunki 2012 yil aprel oyida korxona sintezlangan gazdan foydalangan holda kuydirilgan anodlar işlab çiqarişni boşladi.








