Siri ovozli yordamçida iPhone’dagi yaşirin bildirişnomalarda nima bor ekanini biliş imkonini beruvçi bag topildi. Bu haqda 9to5Mac xabar bermoqda.
iOS 11’da bloklangan ekranda xabarlarning içida nima bor ekanini yaşiruvçi funksiya paydo böldi – bildirişnomani öqiş uçun ayfonni Touch ID yoki Face ID yordamida oçiş talab etiladi.
Biroq, Siri’dagi kamçilik bu himoyani çetlab ötişga şaroit yaratadi – buning ovozli yordamçidan bildirişnomani tovuş çiqarib öqiş söralsa böldi. Xabar qilinişiça, Siri WhatsApp, Telegram, Skype, Signal va boşqa ilovalardan xabarlarni muvaffaqiyatli öqiy oladi.
Apple kompaniyasining ma'lum qilişiça, muammodan xabardor bor va uni tuzatiş ustida işlamoqda.








