Toşkent şahar Bojxona boşqarmasi “Keles” temir yöl çegara bojxona posti inspektori 3 ming dollar pora bilan uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, O.S. ismli bojxona inspektori fuqaro A.Z.dan respublika hududiga aylanma yöllar bilan olib kirilgan 10 dona iPhone telefonini boşqa fuqarolarning pasport ma’lumotlaridan foydalanib, ularning nomiga bojxona hujjatlarini rasmiylaştirib, IMEI-kodlarini röyxatdan ötkazib berişi evaziga 3 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Tezkor tadbir Departamentning Toşkent şahri boşqarmasi xodimlari tomonidan, Bojxona qömitasi bilan hamkorlikda ötkazilgan.