Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli mashina bozori Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi
Toshkentdagi Sergeli avtomobil bozori Toshkent viloyatiga ko‘chirilishi haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlandi.
Toshkent shahar hokimiyatidagi manbaning KUN.UZ’ga ma'lum qilishicha, ayni damda Toshkent viloyatida bo‘lajak avtomobil bozori uchun uchta joy ko‘rib chiqilmoqda.
«Ulardan bittasi Chinozda, boshqasi Yuqori Chirchiqda. Shuningdek, boshqa hududlar ham bor. Ayni damda ularning aholiga, tadbirkorlarga qulaylik darajasi baholanmoqda. Obekt bevosita Toshkent halqa yo‘liga yaqin bo‘lishi kerak. Bozor ko‘chirilishi rejalashtirilgan, lekin aniq muddat hali ma'lum emas», dedi manba.
Ma'lumki, prezident tashabbusi bilan Sergeli tumanida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Tuman hududidagi avtomobil bozori esa tirbandliklarga sabab bo‘lib, fuqarolarga qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani tufayli ko‘chirilishi bo‘yicha qaror qabul qilingan.
O‘tgan yilning yozida tarqalgan xabarlarda Sergeli avtomobil bozori Yangiyo‘l va Zangiota tumanlaridan biriga ko‘chirilishi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
10:29 / 20.02.2026
Sergelida YTH: “Matiz” va Hongqi to‘qnashdi
14:36 / 18.02.2026
Sergelida Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi
14:24 / 26.01.2026