Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi taşabbusi bilan yurtimizning turizm salohiyatini yuksaltiriş, xususan, ziyorat turizmini yanada rivojlantiriş, bu borada halqaro tajribalar bilan yaqindan tanişiş maqsadida qator turistik kompaniyalar vakillari, Islom tsivilizaciyasi markazi mutaxassislari, «Dunyo böylab» telekanali ijodkorlari bilan birgalikda Indoneziyaning Jakarta şahrida qator soha mutaxassislari bilan uçraşuvlar ötkazişdi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Delegatsiya a'zolari dastlab Jakarta şahridagi «Istiqlol» jome masjidi imom xatibi Nosiruddin Umar bilan uçraşişdi. Uçraşuvda Qömita vakillari tomonidan mamlakatimizda sönggi oylarda ziyorat turizmi yönalişida amalga oşirilgan işlar haqida ma'lumotlar berildi.
Uçraşuv «Istiqlol» jome masjidi imom xatibi Nosiruddin Umar hamda Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimovlarning onlayn muloqoti bilan boşlandi.
Islom sivilizatsiyasi markazi mutaxassislari islom tamaddunida yurtimizning tutgan örni, uluğ muhaddis Imom al-Buxoriy, At-Termiziylarning şu zamindan yetişib çiqqani, naqşbandiylik tariqati asosçisi Bahouddin Naqşbandning ilmi irfondagi örni haqida sözlaşişdi.
Masjid imom xatibi mamlakat prezidenti tomonidan tayinlanadi va u Indoneziyadagi barça masjidlar faoliyatini muvofiqlaştiradi.
Ma'lumotlarga qaraganda, har yili Indoneziyadan 900 ming nafar kişi Umra ziyoratiga, 250 ming fuqaro Haj ziyoratiga boradi. Mamlakatda ziyorat turizmiga qiziqiş juda katta.
«Istiqlol» jome masjidi imom xatibi Nosiruddin Umar Özbekistonga qilgan taşrifidan olgan ulkan taassurotlari haqida gapirib, indoneziyaliklar ziyorat qiliş uçun hadeb Turkiya kabi davlatlarga boravermasdan, Özbekistonga, islom olamining tengi yöq olimu ulamolari yurtiga borişlari kerakligini takidladi. Bunga da'vat qiliş uning vazifasi ekanligi, bu ezgu işda u Özbekistonning vakiliga aylanişga tayyorligini qayta- qayta takrorladi. Buning uçun esa ikki tomonlama ana şunday aloqalarni yanada mustahkamlaş, oliy öquv yurtlari orasida talaba almaşiş tajribasini qöllaş taklifini bildirdi. Delegatsiya vakillari bu taklifni mamnuniyat bilan qöllab-quvvatlab, kelgusi uçraşuvda bu borada amaliy takliflar bilan kelişlarini qayd etişdi.
Uçraşuv sönggida «Istiqlol» masjidining tarixi, uning mamlakat mustaqilligidan keyin bunyod etilgani uçun şunday nomlangani, u bugungi kunda diniy bağrikenglik ramzi bölib kelayotgani, inşoot yonginasida katolik va protestantlik çerkovlari borligi haqida sözlab berildi.








