Braziliya terma jamoasi Panamaga qarşi örtoqlik uçraşuvida ğalaba qozonolmadi. Portugaliyaning Portu şahridagi «Dragau» stadionda keçgan uçraşuvda kuçlar teng keldi - 1:1.

Brazillar öyinning 32-daqiqasida Lukas Paketaning golidan keyin hisobni oçdi, unga bu vaziyatda Kazemiro assistentlik qildi. Panamaliklar esa 4 daqiqa ötiboq javob qaytarişdi, Adolfo Maçado Erik Devisning pasini kuçli zarba bilan golga aylantirdi.

Şu tariqa, Braziliyaning Markaziy Amerika vakiliga qarşi öyinlarda 9 uçraşuv davom etgan ğalabali seriyasi yakunlandi. Bu öyinlarda braziliyaliklar bitta ham gol ötkazmagan holda 24:0 hisobidagi töplar nisbati ustunligini qayd etişgandi. Panama Braziliyaga yutqazmagan Markaziy Amerikaning beşinçi vakili böldi.

Brazillar Markaziy Amerika vakillariga qarşi jami 28 öyin ötkazib, 23 ğalaba, 3 durang va 2 mağlubiyat qayd etgan. Pentakampionlar oxirgi marta 2001 yilda markaziy amerikaliklarni mağlub etolmagandi, öşanda braziliyaliklar Hondurasga imkoniyatni boy berib qöyişgan (0:2).

Braziliya terma jamoasi «global tur»ni davom ettiradi. Keyingi öyin 26 mart kuni Pragada Çexiyaga qarşi ötkaziladi.

Örtoqlik uçraşuvi
Portu, Portugaliya
Braziliya – Panama 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 32 Lukas Paketa, 1:1 – 36 Maçado.
Braziliya – Ederson, Fagner, Miranda, Telles, Eder Militao, Artur (Felipe Anderson, 72), Lukas Paketa (Everton, 60), Koutino, Kazemiro, Rişarlison, Firmino (Gabriel Jyezus, 60).
Panama – Mexiya, Maçado, Murilo (Blekmen, 85), Eskobar, Devis, Kuper (Walker, 82), Rodriges (Arroyo, 89), Kintero (Braun, 85), Godoy (Vargas, 90), Kammingz, Torres (Faxardo, 74).
Ogohlantirişlar: Kammingz (26), Rişarlison (35), Mexiya (73).