Özbekistonda eng sara va sifatli quriliş mollarini sotadigan birinçi onlayn bozor – Alibazar haqda eşitgan bölsangiz kerak. Iş faoliyatini boşlaganiga köp bölmagan mazkur loyiha yurtdoşlarimizning e'tiboriga tuşib ulgurdi. Xöş, bu loyiha haqda nimalar bilamiz? Uning asosçisi kim? Özbekiston quriliş bozorida 12 yildan buyon öz örniga ega bölgan “Yevropol”kompaniyasi hamda Alibazar internet bozori asosçisi Alişer Avazov KUN.UZ tahririyati mehmoni böldi.

- Men 2015 yil malaka oşiriş maqsadida Amerika Qöşma Ştatlariga bordim. U yerda malaka oşiriş vaqtida vaqtdan unumli foydalanib, ğoya qidirişni boşladim, - dedi A.Avazov. - AQŞ va Özbekiston bozorlarini örgangan holda, mamlakatimizda quriliş mollari sotadigan onlayn-dökon yaratiş ğoyasi 2016 yilda kelgan. Şu yönalişda işlaşni özimiga möljal qilib oldim. Va muddat kelgaç, aynan şu sohada, şu yönalişda faoliyat yurituvçi kompaniyalarga işga kirdim. Maqsad ulardan iş örganib, ta'lim oliş edi.

- 2017 yilga kelib bu borada baza şakllandi. Özbekistonda jamoa tuzib, şu yönalişda işlaşni boşladim. Mana şu yilning yanvar oyida işimizni boşlab yubordik. Alibazar onlayn dökonini nega aynan quriliş mollari sotişga möljallangan, degan savolga javob beradigan bölsam, bunga sabab, özim quriliş mollari savdosi bilan 12 yildan buyon şuğullanaman. Bundan taşqari, bu ğoya Özbekistonda yangilik, innovatsion ğoya bölganligi uçun va eng asosiysi men öz işimni yaxşi köraman va quriliş mollari sotiş menga begona emas.

Alişer Avazov loyiha nomi nega aynan Alibazar deb nomlangani haqida gapirar ekan, jumladan, şunday dedi:

- Bu nomning kelib çiqişi Alibaba’ga taqlid emas. AQŞda yurganimda ismim Alişer bölganligi uçun amerikaliklar uning talaffuzida rosa qiynalişdi. Keyinçalik ismimni qisqartirib, ularga Ali deb özimni taniştira boşladim. U yerdagilar meni şu ismda atay boşlaşdi. Bir döstim bir öğil va bir qizli böldi va ularga mening hurmatim evaziga Ali va Aliya deb ism berdi. 2017 yilda mazkur ğoya bilan yurganimda bu yangilikdan ilhomlandim va loyiha nomini Alibazar, ya'ni “Alining bozori”, deb nomladim.

Alişer Avazov hayotda qanday inson? Özi haqida sözlar ekan mehmonimiz quyidagilarni gapirib berdi: