Hozirgi kunda köplab sohalarda Tojikiston Respublikasi bilan işonçli aloqalar yölga qöyilgan va rivojlanib bormoqda. Xususan, quriliş materiallari sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, eksport imkoniyatlari va kölamini kengaytiriş, tadbirkorlar uçun qulay biznes şaroitlarini yaratiş borasida tizimli işlar olib borilyapti. Buning natijasida tovar ayriboşlaş sezilarli darajada oşmoqda. Raqamlarga e'tibor qaratadigan bölsak, 2020 yilning 8 oyi davomida mamlakatimizdan qöşni davlatga 13,8 mln dollarlik quriliş materiallari eksport qilingan. Jumladan, 273, 9 tonna gulqoğoz, 1 207,6 ming metr kvadrat keramik plita, 3 582,743 ming metr kvadrat gipsokarton, 6 041,9 tonna quruq quriliş qorişmalari yetkazilgan.

“Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi tomonidan Tojikiston investitsiya jalb qilingan yirik loyihalar ham amalga oşirilyapti. Ana şunday loyihalardan biri bu - Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida umumiy qiymati 19 mln dollar bölgan “PR INVESTMENT CO” MÇJ tomonidan yangi sement zavodi barpo etilyapti. Mazkur korxona yiliga 400 ming tonna sifatli sement işlab çiqariş imkoniyatiga ega böladi. Yangi sement zavodi 2021 yilning ikkinçi yarmida qurib foydalanişga topşiriladi. Hozirda bu yerda quriliş montaj işlari olib borilmoqda. Energiya tejamkor uskunalarning 50 foizi olib kelingan bölib, hozirda xitoylik mutaxassislar tomonidan örnatilyapti. E'tiborlisi, korxona foydalanişga topşirilgaç, 200 ta yangi iş örinlari yaratiladi. Şu kungaça investitsiya loyihani amalga oşiriş uçun 4,4 mln dollar özlaştirilgan.

Tabiiy pardozbop toşlarni qazib oliş va qayta işlaş yönalişida ham tojikistonlik tadbirkorlar bilan işonçli hamkorlik yölga qöyilgan. Granit va marmar toşlarni işlab çiqariş böyiça yirik investitsiya loyihasi Navoiy viloyatining Nurota tumanida amalga oşirilmoqda.
“Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi
Matbuot xizmati








