Butunjahon dopingga qarşi kuraş agentligi (WADA) kommunikatsiyalar böyiça direktori Ketrin Maklinning ma'lum qilişiça, taşkilot moliyalaştirişni oşiriş uçun öz nomini özgartirişi mumkin. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Bizning brend yanada jozibador bölişi kerak, bu qandaydir katta taşkilot yoki kompaniya bilan hamkorlik qiliş uçun kerak. Ayni damda katta brend dopingga qarşi kuraşga aloqador bölişi borasida ba'zi şubhalar bor, bu köpçilik tomonidan salbiy qabul qilinişi mumkin. Ehtimol, nom özgarişi borasidagi variant körib çiqiladi. Bu nafaqat moliyalaştirişni oşiriş, balki bizning sportçilar hamjamiyati nuqtai nazaridan ham röy berişi mumkin», - deya Maklinning sözlarini keltiradi Inside the Games.