Şu yilning yanvar oyida KUN.UZ tahririyati Andijon viloyati, Izboskan tumani, Törtköl qişloğida yaşovçi bolakay Muhammadziyo Obidjonovning Hindistonga borib jarrohlik amaliyoti ötaşi uçun xayriya aksiyasi boşlagan edi.
Yurak porogi taşxisi bilan tuğilgan uç yoşli bemor tuzalib ketişi uçun juda köp ezgu niyatli insonlar yaqindan yordam berib, jarrohlik operatsiyasi uçun tez kunlarda kerakli mablağ yiğilgan va Muhammadziyoni saytimiz xodimlari hind yurtiga kuzatgan edi.
Afsuski, Muhammadziyoning umri qisqa ekan. Tibbiyot xodimlarining sa'y-harakatlari ham yordam bermadi. Murğak bolakay ötgan haftada, Hindistondan qaytgaç hayotdan köz yumdi.
Uning otasi Obidjon aka hamda onasi Gözalxon aloqaga çiqib, maş'um xabarni yetkazişdi.
«Farzandimning yuragi kasallikka çidaş bera olmadi. Berib qöydik. Öğlimizning dardini xuddi özining jigarbandinikidek qabul qilib, yaqindan yordam bergan barça ezgu niyatli, ehsonli kişilarga taşakkurimizni yetkazing. Boşimizga oğir kunlar tuşganida, dunyoda yaxşi insonlar juda-juda köp ekanligini bildik. Bizga mablağ bilan kömak bergan, telefon orqali könglimizni kötargan barça insonlardan Alloh rozi bölsin», deydi uning yaqinlari.
Murğak bolajonga umid bağişlab ötkazgan xayriya aksiyamizda iştirok etgan insonlarga tahririyatimiz nomidan çuqur minnatdorçiligimizni bildiramiz. Barçamizni çin insoniylik sifatlari tark etmasin.
Taqdiri ilohiyga könmay ilojimiz yöq.
Kun.uz sayti marhum Muhammadziyoning oila a'zolariga barçaning nomidan hamdardlik bildiradi.












