Jahon | 08:20 / 30.03.2018
18085
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Eron bilan urush yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi

Foto: SWall Street Journal

Agar Ar-Riyodning harbiy ixtilofga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha urinishlari muvaffaqiyat qozonmasa, unda 10-15 yildan keyin Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida urush yuzaga kelishi mumkin. Bundan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon The Wall Street Journal nashrida chop etilgan intervyusida ogohlantirgan.

Shahzoda navbatdagi marta Tehronga nisbatan G‘arbning sanksiyalari rejimi kuchaytirilishi kerakligini aytgan. “Biz harbiy ixtilofdan qochish uchun muvaffaqiyatga erishishimiz zarur”, deb aytgan o‘tgan hafta AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Eronga qarshi kurashni muhokama qilgan shahzoda. “Agar biz urinayotgan ishlarimizda muvaffaqiyatga erishmasak, unda 10-15 yildan keyin Eron bilan urush bo‘ladi”, deb ogohlantirgan shahzoda.

Valiahd shahzoda yamanlik isyonchilar tomonidan Saudiya Arabistoni hududining ballistik raketalar bilan o‘qqa tutilishini zaiflik alomati deb aytgan. “Ular parchalanishlaridan oldin barcha ishni qilishga urinmoqdalar”, deb aytgan shahzoda. 25 martda Saudiya Arabistonining havo hujumiga qarshi tizimlari yamanlik isyonchilar tomonidan otilgan ballistik raketalarni urib tushirdi. Raketa bo‘laklarining yerga tushishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 2 kishi yaralangan.     

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid