2026 yilgi qishki Olimpiadani o‘tkazishga 7 davlat ariza berdi

Foto: ria.ru
Turkiyaning Erzurum shahri 2026 yilgi Olimpiadani o‘tkazish huquqi uchun kurashadigan bo‘ldi. U Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga o‘z arizasini yuborgan yettinchi shahar bo‘ldi. Ushbu arizani Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an qo‘llab-quvvatlagan.
31 martda XOQ ushbu Olimpiadani o‘tkazish uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatadi. Erzurum Olimpiadani o‘tkazishga ilk bor da'vogarlik qilmoqda. Avval u faqat qishki Universiadani qabul qilgan. Bundan tashqari, 2017 yilda bu kurort shaharda Yevropa qishki o‘smirlar olimpiya festivali bo‘lib o‘tgan.
2026 yilgi Olimpiadani o‘tkazishga, shuningdek, Kalgari (Kanada), Sapporo (Yaponiya), Stokholm (Shvetsiya), Son (Shveytsariya), Grats va Shlamding (Avstriya, umumiy ariza) hamda Milan va Turin (Italiya, umumiy ariza) da'vogarlik qilmoqda.
Kalgarida 1988 yilgi, Sapporoda 1972 yilgi, Turinda esa 2006 yilgi Olimpiadalar o‘tgan. Stokholm esa 1912 va 1956 yillarda Olimpiada mezboni bo‘lgan. Qolgan shaharlar bu imkoniyatga ilk bor ega bo‘lishlari mumkin.
Yuqoridagi shaharlardan tashqari, Norvegiyaning Lillexammeri ham ariza berishi mumkin.
Ariza topshirgan shaharlarda XOQga batafsil arizalar taqdim qilish uchun yarim yil vaqt bo‘ladi. Bu arizalar XOQning Buenos-Ayresda oktabrda o‘tadigan sessiyasida ko‘rib chiqiladi. 2026 yilgi Olimpiada poytaxtini tanlash marosimi 2019 yilda o‘tadi.
2022 yilgi Olimpiada Pekinda bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

19:50 / 24.07.2024
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari mezbonlari tasdiqlandi

09:11 / 08.05.2023
Turkiya sharqida muxolifat mitingi toshbo‘ron qilindi

19:29 / 20.02.2022
Parvozlar, qulashlar va g‘alaba onlari. Olimpiadaning eng yorqin suratlari

22:16 / 04.02.2022