Özbekiston Respublikasi işçi işlar vazirining buyruği bilan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta'lim şakliga nomzodlar tanlovini ötkaziş böyiça metodikalar tasdiqlandi.

Mazkur Metodikalar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi 958-son “Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta'lim şakllariga nomzodlarni tanlaş va öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida”gi qaroriga asosan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta'lim şakllariga tanlaş va öqişga qabul qilişda nomzodlarni psixofiziologik örganiş, yozma iş ötkaziş, nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini, çet tillarini özlaştirganligini baholaş hamda ularni yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan ötkaziş uslublarini belgilaydi.

Mavzuga oid: Harbiy kafedraga talabalarni saralaş qanday ötkaziladi?

Psixofiziologik örganiş metodikasi: psixofiziologik örganiş nomzodning psixofiziologik xislatlari va individual xususiyatlarini aniqlaş maqsadida ötkaziladi.

Psixofiziologik örganiş avtomatlaştirilgan psixofiziologik komplekslar yordamida amalga oşiriladi.

Psixofiziologik örganiş ötkaziladigan kunda nomzod maxsus jihozlangan xonaga kiritilişidan oldin unga mazkur Metodikada nazarda tutilgan psixofiziologik örganiş ötkaziş tartibi, maxsus kompleksning texnik xususiyatlari, xavfsizlik nuqtai nazaridan özini qanday tutişi lozimligi tuşuntiriladi hamda tegişli yöl-yöriqlar beriladi.

Psixofiziologik örganiş nomzodning hissiy (somatik), psixoemotsional holati yaxşi bölgandagina ötkazilişi lozim.

Psixofiziologik örganiş boşlanişidan oldin özini yomon his qilayotgan yoki soğliğidan şikoyat qilayotgan nomzodlar mazkur örganişga qöyilmaydi.

Psixofiziologik örganiş har bir nomzod uçun alohida maxsus jihozlangan xonada ötkaziladi. Uşbu xona tabiiy yoki sun'iy holda yoritilgan hamda şovqindan himoyalangan bölişi lozim. Xonada nomzodga ajratilgan joy qulay bölişi kerak.

Psixofiziologik örganiş ötkaziladigan xonaga nomzodlar bir nafardan kiritiladi.

Nomzodning qöllariga maxsus kompleksning elektrodlari ulanadi. Nomzodga mazkur elektrodlar orqali 10 daqiqagaça bölgan vaqt davomida kiçik quvvatli elektr impulslar uzatiladi. Psixofiziologik örganiş davomida nomzod bilan muloqotga kirişişga yöl qöyilmaydi.

Psixofiziologik örganiş davomida nomzod uzluksiz ravişda kuzatib turiladi. Psixofiziologik örganiş yakunida maxsus kompleks nomzodning psixofiziologik xususiyatini 5 ballik tizimda aniqlaydi.

Yozma iş ötkaziş metodikasi: yozma iş nomzodning imloviy va tiniş belgilariga oid (işorat) savodxonlik darajasini hamda mustaqil ijodiy fikrlaş qobiliyatini baholaş maqsadida ötkaziladi.

Yozma iş nomzodlar tomonidan bayon yoki inşo yoziş orqali amalga oşiriladi. Yozma işning bayon yoki inşo yoziş şaklida ötkazilişi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Yozma iş ötkaziş uçun tegişli vazirliklar va idoralar bilan kelişuv asosida malakali mutaxassislar jalb qilinişi mumkin. Bayonning matnlari va inşoning mavzulari umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi fanlarining öquv dasturlariga muvofiq şakllantiriladi.

Bayonning matnlari va (yoki) inşoning mavzulari 1 iyun kuniga qadar qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan matn va (yoki) mavzular qabul komissiyasi kotibi tomonidan nomzodlar sonidan kelib çiqib köpaytiriladi va ularning zarur miqdorda, xato va kamçiliklarsiz bölişi uçun u mas'ul hisoblanadi. Matn va (yoki) mavzular qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oşkor qilinmasligi uçun mas'ul hisoblanadi.

Nomzodlarga bayon matni bir marotaba tuşunarli va töliq öqib eşittiriladi. Bayon matnining hajmi 250 - 300 ta sözdan iborat böladi. Bayon matni öqib eşittirilgandan keyin nomzodlarga bayon yoziş uçun 2 akademik soat (80 daqiqa) vaqt beriladi. Bayon yoziş vaqtida nomzodlarga bayon matnining takroran öqib eşittirilişiga yöl qöyilmaydi. Nomzodlar tomonidan yozilgan bayon “30” ballik tizimda baholanadi.

Bayon: matn mazmuni töğri, mantiqli va izçil bayon etilgan, söz boyligi, ran qurilişi va ifoda uslubi adabiy til talablariga mos bölib, matn mazmuniga ijodiy yondaşilgan, savodxonlikda 1 ta imloviy va 2 ta işoratga oid xatolikka yöl qöyilgan, umumiy xatolar 3 tadan oşmagan deb topilganda - “30” ball bilan baholanadi;

matn mazmuni töğri, mantiqli va izçil bayon etilgan, söz boyligi, ran qurilişi va ifoda uslubi adabiy til talablariga mos bölib, matn mazmuniga ijodiy yondaşilgan, savodxonlikda 2 ta imlo, 3 ta işoratga oid va 1 ta uslubiy xatolikka yöl qöyilgan, umumiy xatolar 6 tadan oşmagan deb topilganda - “25” ball bilan baholanadi;

fikr bayonida mantiqiy izçillik buzilgan, söz tanlaşda va ifoda qurilişida kamçiliklar kuzatilgan, matnda mavzudan çetga çiqiş holatlari kuzatilgan, savodxonlikda 4 ta imlo, 4 ta işoratga oid va 2 ta uslubiy xatolikka yöl qöyilgan, umumiy xatolar 10 tadan oşmagan deb topilganda - “20” ball bilan baholanadi;

matn bayonida mantiqiy izçillik yetişmagan, ran tuzişda kamçiliklar kuzatilgan, söz boyligi kam, savodxonlikda 5 ta imlo, 6 ta işoratga oid va 3 ta uslubiy xatolikka yöl qöyilgan, umumiy xatolar 14 tadan oşmagan deb topilganda - “15” ball bilan baholanadi;

matn bayonida mantiqiy izçillik buzilgan, söz boyligi kam, savodxonlikda 7 ta imlo, 8 ta işoratga oid va 5 ta uslubiy xatolikka yöl qöyilgan, umumiy xatolar 20 tadan oşmagan deb topilganda - “10” ball bilan baholanadi;

mavzu oçilmagan, fikrlar bir-biriga boğlanmagan, savodxonlikda 7 tadan ortiq imlo, 8 tadan ortiq işoratga oid va 5 tadan ortiq uslubiy xatolikka yöl qöyilgan, bayonning mazmuni boşqa mavzuda yozilgan, umumiy xatolar 20 tadan ortiq deb topilganda - “0” ball bilan baholanadi.

Nomzodlarga inşo mavzusi bir marotaba tuşunarli va töliq öqib eşittiriladi. Nomzodlarga inşo yoziş uçun 3 akademik soat (120daqiqa) vaqt beriladi. Nomzodlar tomonidan yozilgan inşo “30” ballik tizimda baholanadi.

Inşo: reja mustaqil va ijodiy tuzilgan, mavzu mantiqiy izçillikda va batafsil yoritilgan, söz boyligi, gan qurilişi va ifoda uslubi adabiy til talablariga mos bölib, mavzu mazmuniga ijodiy yondaşilgan, xulosalar töğri çiqarilgan, savodxonlikda 3 ta imloviy va 6 ta işoratga oid xatolikka yöl qöyilgan, umumiy xatolar 9 tadan oşmagan deb topilganda - “30” ball bilan baholanadi;

reja mustaqil tuzilgan, mavzu batafsil yoritilgan, adabiy til talablariga mos yozilgan, ammo fikrni bayon qilişda ijodiy yondaşilmagan, savodxonlikda 6 ta imlo, 9 ta işoratga oid va 3 ta uslubiy xatolikka yul qöyilgan, umumiy xatolar 18 tadan oşmagan deb topilganda - “25” ball bilan baholanadi;

reja mustaqil tuzilgan, mavzu izçil bayon etilmagan, adabiy til talablariga mos yozilgan, ammo fikr mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilinmagan, savodxonlikda Yuta imlo, 12 ta işoratga oid va 6ta uslubiy xatolikka yöl qöyilgan, umumiy xatolar 28 tadan oşmagan deb topilganda - “20” ball bilan baholanadi;

reja mavzu doirasidan çetga çiqqan holda tuzilgan, mavzu töliq va mantiqiy ketma-ketlikda yoritilmagan, savodxonlikda 12 ta imlo, 15 ta işoratga oid va 8 ta uslubiy xatolikka yöl qöyilgan, umumiy xatolar 35 tadan oşmagan deb topilganda - “15” ball bilan baholanadi;

reja mavzu doirasidan çetga çiqqan holda tuzilgan, mavzu töliq va mantiqiy ketma-ketlikda yoritilmagan, savodxonlikda 15 ta imlo, 18 ta işoratga oid va 10 ta uslubiy xatolikka yöl qöyilgan, umumiy xatolar 43 tadan oşmagan deb topilganda - “10” ball bilan baholanadi;

mavzu oçilmagan, fikrlar bir-biriga boğlanmagan, savodxonlikda 15 tadan ortiq imlo, 18tadan ortiq işoratga oid va 10tadan ortiq uslubiy xatolikka yöl qöyilgan, bayonning mazmuni boşqa mavzuda yozilgan, umumiy xatolar 43 tadan ortiq deb topilganda - “0” ball bilan baholanadi.

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş metodikasi: nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholaş ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan maşqlarni bajarişlarini tekşiriş orqali amalga oşiriladi. Umumjismoniy tayyorgarlik maşqlarini bajariş boşlanişidan oldin nomzodlarga qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan maşqlarni bajarişga qöyiladigan talablar, mezonlar hamda maşqlarni bajariş tartibi tuşuntiriladi. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik maşqlarini bajarişda sport kiyimida bölişlari şart. Nomzodlar tomonidan bajarilişi lozim bölgan umumjismoniy tayyorgarlik maşqlari va ularni bajarişga qöyiladigan talablar yigitlar va qizlar uçun alohida belgilanadi.

Quyidagilar yigitlar tomonidan bajarilişi lozim bölgan umumjismoniy tayyorgarlik maşqlari hisoblanadi:

tösinda (turnikda) tortiliş;

100 metrga yuguriş;

3000 metrga yuguriş.

Quyidagilar qizlar tomonidan bajarilişi lozim bölgan umumjismoniy tayyorgarlik maşqlari hisoblanadi:

kuç işlatiş maşqlari kompleksi;

100 metrga yuguriş;

1000 metrga yuguriş.

Umumjismoniy tayyorgarlik maşqlarini bajariş oraligida nomzodlarga dam oliş uçun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.