Mudofaa vazirligi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining qarori bilan Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaş dasturlari böyiça öqitiş uçun talabalarni saralaş tanlovini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
 
Ma'lumot uçun: mazkur Nizom «Çaqiriqqaça harbiy ta'lim» yönalişi böyiça mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy ta'lim fakultetlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ular uçun Körsatilgan yönaliş böyiça oliy ta'lim muassasalariga qabul qiliş çoğida professional (ijodiy) imtihon ötkaziş tartibi töğrisida alohida nizom amal qiladi.
 
Harbiy tayyorgarlik öquv bölinmalariga (bundan keyin – HTÖB) talabalar tanlov asosida oliy ta'lim muassasasida ikkinçi kurs oxirida tanlab olinadi. Tanlovning asosiy maqsadi suhbatlaşiş va tuşuntiriş işlarini olib boriş orqali talabalarning harbiy kafedrada öqiş salohiyati va keyinçalik harbiy mutaxassislik böyiça xizmat qilişi mumkinligini belgilaydigan çaqiriqqaça boşlanğiç tayyorgarlik dasturi asosida jismoniy rivojlanişi hamda bilim darajasini baholaşdan iborat.
 
Mudofaa vaziri tegişli örinbosarining buyruği bilan Tanlovni taşkil qiliş va ötkaziş uçun qabul komissiyasi tuziladi hamda quyidagi tarkibda uning a'zolari tasdiqlanadi:

• komissiya raisi – Mudofaa vazirligi markaziy apparati mas'ul xodimi;
• komissiya kotibi – HTÖB boşliği;
• komissiya a'zolari:
Mudofaa vazirligi markaziy apparati mas'ul xodimlari;
tegişli oliy ta'lim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça prorektorlari;
HTÖB öqituvçilari.
 
Komissiya yanvar oyidan sentabr oyiga qadar faoliyat yuritadi. Bunda komissiya huzurida mudofaa vaziri tegişli örinbosarining buyruği bilan quyidagi kiçik komissiyalar tuziladi:

• şaxsiy-ruhiy örganiş böyiça;
• umumjismoniy tayyorgarlik körganlikni baholaş böyiça;
• çaqiriqqaça boşlanğiç tayyorgarlik dasturi böyiça bilim darajasini baholaş böyiça.