1 apreldan boşlab Özbekiston uyali aloqa kompaniyalari yangi çastotalar rejasida işlamoqda. «Beeline» radioçastotali kanallarining bir qismini «Ucell», «UMS» va «Uzmobile» kompaniyalariga berganini «Kun.uz»ga rasmiy ravişda e'lon qildi.

Eslatib ötamiz, bir yil avval Radioçastotalar böyiça respublika kengaşining 245-sonli qaroriga binoan eng yirik aloqa operatori «Beeline» 2017 yilning 1 oktabr kuniga qadar ovozli radioçastotalarining deyarli yarmini spektrni qayta taqsimlaş uçun raqobatçilar foydasiga beriş taklif qilingan edi. Bir neça raundli muzokaralardan söng, radioçastotalar böyiça respublika kengaşi 2017 yilning 11 sentabr kuni yangi radioçastota rejasiga ötiş davrini 2018 yil 1 apreliga qadar uzaytiriş töğrisida 280-sonli murosasiz qarorni qabul qildi, şuningdek bozorning barça iştirokçilariga bir vaqtning özida texnologik betaraflik taqdim etildi.

Mazkur hujjatga binoan endilikda uyali aloqa operatorlari 900 va 1800 MGts çastotalarida nafaqat «ovozli» 2G standartini, balki 3G va 4G texnologiyalarini rivojlantiriş huquqiga egadirlar. Oddiy qilib aytganda, mobil aloqa operatorlari mamlakatning eng çekka aholi punktlarini tezkor internet bilan ta'minlaş imkonini beradi.

Voqeani şarhlar ekan, «Beeline» boş direktori Dmitriy Şukov şunday dedi: «Yangi radioçastotali kanallarga ötiş regulyatorning sohani boşqarişdagi moslaşuvçan va progressiv yondaşuvining ajoyib namunasidir. Aloqa sohasidagi şaxsiy uzoq yillik tajribamga asoslanib, çastotalarni qayta taqsimlaş murakkab loyiha bölib, uzoq muddatli tayyorgarlikni talab etişi va barça darajadagi jarayonda iştirokçilarning yaqin hamkorligini talab qilişini aytişim mumkin. Bu, şuningdek, abonentlar uçun işonç va mas'uliyat masalasidir».

Bundan avval rejalaştirilganidek, mart oyining sönggi kunida soha yetakçisi 900 va 1800 MHz çastotalaridagi radioçastotasining 47 foizidan foydalanişdan voz keçdi. Yangi tarmoq uskunalarini sotib oliş uçun bundan avval qilingan investitsiyalar tufayli, bu «Beeline» abonentlari uçun sezilarsiz tarzda amalga oşirildi. Yaqin kunlarda boşqa mobil aloqa operatorlari ham «Beeline»ning böş kanallari yordamida yangi radioçastotasi rejasiga ötişlari kerak.

«Vazirlik va Radioçastotalar böyiça respublika kengaşi bilan erişilgan muddatlar böyiça özaro kelişuvlar tufayli biz uşbu tadbirni deyarli 10 million abonentlar uçun sezilarsiz ravişda amalga oşirişa oldik. 900/1800 MHz diapazonida texnologik neytralitetning (betaraflik) taqdim etilişi esa - telekommunikatsiyalarning rivojlanişidagi haqiqiy yutuqdir. Işonçim komilki, kelgusi oylarda LTE ni kengaytiriş va ma'lumotlar uzatiş xizmatlarini rivojlantiriş uçun biz undan töla-tökis foydalana olamiz. Nima bölişidan qat'i nazar, bunday murakkab loyihani muvaffaqiyatli amalga oşiriş yangi darajaga biznesni regulyator bilan konstruktiv munosabatiga olib keldi va soha tomonidan erişilgan kelişuv operatorlar bilan vazirlik örtasidagi muloqot nafaqat mumkin, balki barça tomonlar uçun foydali ekanini isbotlaydi. Radioçastota masalasida ğalaba qozoniş maqomi vazirlikning xizmatidir va yakuniy tahlilda iste'molçi ğolib böldi», - dedi Dmitriy Şukov.