Har yili dunyo böylab minglab inson leykoz kasalligiga çalinadi. Garçi zamonaviy tibbiyot şiddat bilan rivojlanayotgan bölsa-da, bu dard bilan oğriyotganlar soni oşib bormoqda. Toşkentda joylaşgan Gematologiya va qon quyiş ilmiy tekşiriş instituti şifoxonasida ham ana şunday kasallikka çalinganlar davolanadi. KUN.UZ tahririyati tomonidan şu yerda davolanayotganlarga yordam beriş, ular uçun zarur dori-darmonlar ulaşiş maqsadida “Taslim bölma” xayriya aksiyasi ötkazib kelinmoqda. Uşbu aksiyaning taşkil etilganiga köp bölmadi, ammo yurtdoşlarimiz tomonidan kerakli moddiy yordam körsatilmoqda. Quyida va'da berganimizdek, 10 kun oraliğida yiğilgan pullar va ularning sarfi haqida kiçik hisobot berişni joiz topdik.

YouTube

Tas-IX

Jumladan, joriy yilning 20 martidan 29 martiga qadar özbekistonlik yurtdoşlarimizdan “Agrobank” hisobiga 8 millionga yaqin pul tuşdi. Şundan 8 150 000 söm mablağga dori-darmonlar olindi.

Bundan taşqari, Rossiyadagi yurtdoşlarimizdan xuddi şu vaqt oraliğida 2798 rubl kelib tuşdi.

PayPal tizimidan xorijdagi yurtdoşlarimiz tomonidan jami 262.58 dollar yiğilgan.

Şuningdek, xayriya aksiyasi uçun deb KUN.UZ ofisiga naqd pulda 410 ming söm olib kelib berişdi. 

Jami yiğilgan 11 500 000 sömlik mablağ yoniga KUN.UZ tahririyati ham imkoni darajasida qöşimça pul qöşib, jami 15 mln sömlik dori-darmon olib, ularni bemorlarga topşirdi.

20.03 - 29.03 oraliğida Agrobank - 8 mlnga yaqin pul tuşdi.
8 150 000 ga dori darmon olindi. 
Rossiyadagi yurtdoşlarimizdan
20-29 mart oraliğida jami 2798 r.
PayPal tizimidan xorijdagi yurtdoşlarimizdan
şu vaqt içida jami 262.58 dollar

10 kun içida 15 million söm mablağ yiğildi. Aslida, bu kabi dard bilan davolanayotgan bemorlar uçun bu yiğilgan pullar heç narsa bölmaydi. Nari borsa, tört-beş nafar bemorning bir haftalik dori-darmoni uçun sarf böladi.

Albatta, Alloh huzurida har qanday yaxşilik, xayr-ehson, katta baholanadi va bu işning savobini özi ziyoda qilib beradi. Biz esa uşbu xayriya aksiyasida faollaşsak nur ustiga a'lo nur bölardi. Çunki bemorlar bilan suhbatlaşar ekanmiz, ularning yakkayu yagona maqsadi soğayib ketiş, oilalari bağriga salomat qaytiş ekanligiga guvoh böldik. Ular içida toğni ursa talqon qiladigan yigitlardan tortib, hali köz oçib dunyoni anglamagan gödaklargaça bor. Aksarlari, viloyatlardan kelişgan, şaroitlari oğir, uzoq davolaniş uçun yetarli mablağ va dori-darmonga muhtoj insonlar.

Dorilarni olgan bemorlar xursand böldi. Biroq yana bir qançasi ortimizdan umidvor bölib qoldi. Aziz yurtdoş, hazrati inson, barçasiga özingiz guvohsiz. Ular taslim bölmayapti! Bu insonlar, hatto gödaklargaça, kuraşişyapti. Bu yölda ularga sizning yordamingiz kerak! Bee'tibor bölmasligingizni, faollaşgan holda ularni yana bir bor qöllab-quvvatlaşingizni sörab qolamiz!