Kun.uz tahririyatiga önlab bemorlar murojaat qilib, turmuşdagi moliyaviy qiyinçilik tufayli farzandini davolata olmayotganini aytib, yordam söraydi.

Youtube'da köriş

Mover.uz'da köriş

Ayrim hollarda tungi soatlarda ham qönğiroq böladi:

«Şu kungaça özimiz harakat qildik, bugun yengildik. Iltimos, bolamizning davolanişiga, hayotini davom ettirişiga yordam bering».

Tahririyat şu kungaça muhtojlar uçun xayriya aksiyalari ötkazib, saxovatli öquvçilar kömagi bilan bemorlarning davolanişida vositaçilik qilib kelmoqda.

Navbatda leykozdan (oqqon) aziyat çekuvçi bolalar uçun maxsus xayriya aksiyasi.

Bu aksiya yangi mexanizm asosida davom etadi, şu maqsad yölida yagona bank plastik kartasi oçiladi. Xayriya uçun ötkazilgan barça mablağlar yagona bank plastik karta hisob raqamiga yiğiladi.

Bu işda Toşkent gematologiya va qon quyiş ilmiy markazi bilan hamkorlik qilinadi. Bunda ota-onalari yordam sörab murojaat qilişdan tortingan bemor bolalarni ham qamrab oliş közda tutilgan.

Haftaning ma'lum bir kunida yiğilgan mablağlarga dori-darmonlar xarid qilinadi va ilmiy markazga boriladi. Şifokorlar iştirokida yordamga muhtoj bemorlarga zarur dori-darmonlar yetkaziladi.

Har 10 kunda bir marta hisobot e'lon qilinadi, ötgan davr mobaynida xayriya qilingan pullar öz egalariga yetib borgani, bemor bolalarga dori-darmonlar yetkazib berilgani nazorat qilinadi.