Turkiya, Rossiya va Eron davlatlari prezidentlari Rajab Toyyib Erdöğan, Vladimir Putin va Hasan Ruhoniy Suriya böyiça qöşma bayonotni imzolaşdi. Unga köra, uşbu davlatlar Suriyada tinçlikka erişiş böyiça hamkorlikni davom ettirişga kelişişgan.
«Suriyadagi nizoli tomonlar örtasida öt oçişni uzoq muddatga töxtatiş va BMT Xavfsizlik Kengaşining 2254-rezolyutsiyasida közda tutilgan siyosiy jarayonlar amalga oşirilişi uçun faol hamkorlik qiliş borasidagi qat'iy pozitsiyamizni tasdiqlaymiz», — deyilgan Eron rahbari matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan bayonot matnida.
Siyosatçilar, «Ostana muzokaralari» Suriyadagi taranglikni yumşatişga xizmat qilganini ta'kidlaşgan.
Eron, Turkiya va Rossiya yaqin vaqtlar içida BMTga Suriya Konstitutsiyaviy komissiyasi faoliyatini yölga qöyişda yordam berişga tayyorligini bildirgan. Bundan taşqari, prezidentlar xalqaro hamjamiyatni uşbu mamlakatga qöşimça insonparvarlik yordamlari yuborişga çaqirişgan.










