Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Rossiya aviakompaniyalar uchun o‘zaro cheklovlarni bekor qildi
Rossiya va Tojikiston aviakompaniyalar uchun har ikki tomondan ham joriy etilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda RIA «Novosti» Rossiya Transport vazirligi vakiliga asosan xabar bermoqda.
«Delegatsiyalar Rossiya hamda Tojikiston o‘rtasidagi havo qatnovini rivojlantirishga yo‘naltirilgan keyingi qo‘shma qadamlar haqida kelishib oldi. Tomonlar tashuvchilar tomonidan 2017-2018 yil qishki jadvali doirasida belgilangan parvozlarning to‘la hajmini tasdiqlashdi. Avval joriy etilgan barcha cheklovlar bekor qilindi, jumladan oldindan aytilganlari ham», - deya ma'lum qilishgan vazirlikdan.
Shuningdek ma'lum bo‘lishicha, parvozlar jadvaliga yozgi mavsumdan to‘rtta yangi yo‘nalish qo‘shiladi: Perm-Dushanbe, «Jukovskiy»-Ko‘lob, Chelyabinsk-Xo‘jand va Krasnodar-Xo‘jand.
Mavzuga oid
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49
Polshada ukrainalik yigit Rossiya razvedkasiga yordam berishda ayblandi
08:46 / 16.07.2026