Flydubai aviakompaniyasining Dubaydan Tel-Avivga amalga oşirilgan FZ1073 reysi halokat bilan yakunlanişiga bir baxya qoldi: ikkinçi uçuvçi kapitanga piçoq bilan hujum qilgan; dastlabki maʼlumotlarga köra, u samolyotni qulatmoqçi edi. Bortda 174 nafar yölovçi bölgan, ulardan aksari Isroil fuqarolaridir. Yölovçilar ekipaj aʼzolari bilan birgalikda ikkinçi uçuvçini zararsizlantirişga va samolyotni yerga qöndirişga muvaffaq bölgan. Ammo ular vaziyatga faqat yarador kapitan Smit Maççharaning jonbozligi tufayli aralaşa olişgan – u yaralanganiga qaramay, kabina eşigini oçib bergan.

Flydubai aviakompaniyasi samolyoti kapitani, hindistonlik Smit Machchhar Dubaydan Tel-Avivga uçiş çoğida ikkinçi uçuvçi tomonidan qilingan hujumdan omon qolib, şifoxonada öziga keldi va röy bergan hodisa töğrisida ilk bor sözlab berdi. U Abu-Dabidagi şifoxonadan turib Hindiston boş vaziri Narendra Modi bilan videoaloqa orqali gaplaşgan. Muloqot videoyozuvi jurnalist Sidhant Sibal tomonidan eʼlon qilindi.

Machchhar ikkinçi uçuvçining hujumidan keyin polda yaralangan holda yotgani va samolyot qulayotganini his qilganini eslaydi. Şunda u sönggi kuçini töplab, kabina eşigini içkaridan oçişga harakat qila boşlaydi.

Machchhar özi jon talvasasida bölsa-da, u bilan birgalikda boşqa odamlar ham halok bölişi mumkinligini tuşunib turganini qayd etgan:

Öşanda öz hayotim uçun kuraşayotgandim. Men yiqildim va agar örnimdan turmasam, nima bölişini tuşundim. Oğir yaralangandim, ammo boşqalar ham halok bölişiga yöl qöya olmasdim... Men 17 yillik iş stajiga ega uçuvçiman, 11 yldan buyon kema kapitaniman. Men samolyotda nima bölayotganini közimni yumib turgan holda ham bilaman.

Polda yotganimda samolyot şönğiyotganini tuşunib turardim. Şunda özimga dedim: bu sönggi çora, Smit. Eşik yonginangda, şunçaki uni oçib yubor. U meni uyoqdan buyoqqa tortayotganiga qaramay, men buni uddaladim va odamlar kirib kelişdi.

U yordam berganlarning barçasi bu işga özining muhim hissasini qöşganini taʼkidlagan.

Modi Maççharni «mardligi, bardoşi va tezda qaror qabul qilgani» uçun maqtab, bu qarori juda köp insonlar hayotini asrab qolganini taʼkidlagan.

Butun mamlakat faxr bilan aytişi mumkin: «biz odamlarni hayotdan mahrum etuvçi emas, ularni qutqaruvçi hindistonliklarmiz».

Smit unga qönğiroq uçun minnatdorçilik bildirgan:

«Bilaman, Xudo meni qutqardi. Siz menga qönğiroq qildingiz va men ulkan faxr tuyğusini his qilyapman. Men oldin özim bilan faxrlanmaganman, ammo endi faxrlanyapman».