Sizlarga quyida turli millatlar xalq oğzaki ijodidan töplangan maqollarni havola etamiz.
1. Özingda nimani körsang, dunyoda şuni körasan. (Afğoniston)
2. Nima deyilganiga qara, kim aytganiga emas. (Saudiya Arabistoni)
3. Katta stulda ötirganing bilan qirol bölib qolmaysan. (Sudan)
4. Hammaga döst, heç kimga döst. (Angliya)
5. Inson baxt izlamaydi, baxt insonni izlaydi. (Turkiya)
6. Bitta öqituvçi ikkita kitobdan afzal. (Germaniya)
7. Kim ovoz bermasa u hammasiga rozi. (Ispaniya)
8. Çiroy mukammallik belgilariga kirmaydi. (Misr)
9. Tan olingan xato bilan uning yarmi tuzatilgan hisoblanadi. (Zulu)
10. Sevgili qalb abadiy yoş. (Gretsiya)
11. Quyoşga tik boq va soyalar orqangda qoladi. (Yangi Zelandiya)
12. Eşakning oldida quloq haqida sözlama. (Yamayka)
13. Rostini ayt va sekin u yerdan ğoyib böl. (Sloveniya)
14. Bir nodonga hayron böliş bilan boşqa bir nodon paydo böladi. (Fransiya)
15. Tuhmat kömir, yonmaydi lekin kuydiradi. (Italiya)
16. Aqllilar qölida ğiybat xavfli qurol.(Isroil)
17. Qulfsiz eşik hatto ruhoniyni ham şoşirib qöyadi. (Ispaniya)
18. Hamma özi uçun, Xudo hamma uçun. (Angliya)
19. Agar döstingdan qutulmoqçi bölsang unga qarz ber yoki qarz ol. (Isroil)
20. Ğurur otda keladi, piyoda ketadi. (Isroil)






