AQŞ prezidenti Donald Tramp Afrikaning Çad davlatini xavfsizlik nuqtai nazaridan fuqarolari AQŞga kirişlari taqiqlangan davlatlar qatoridan çiqarib taşlaşni buyurdi.

“Çad fuqarolarining AQŞga muhojirlar va işçi hamda turistik vizalar böyiça nomuhojirlar sifatida kirişlari AQŞ manfaatlariga salbiy oqibatlarga ega bölmaydi”, deb aytilgan Tramp buyruğida.

Çad 2017 yilda AQŞ bilan xavfsizlik va terrorçilikka qarşi kuraş sohasida hamkorlik uçun yetarliça çoralar körmayotgan davlat sifatida “qora röyxat”ga kiritilgandi. Xususan, AQŞ Çad tegişli axborot bilan almaşişini hamda Çad fuqarolariga beriladigan hujjatlarning himoyasi kuçaytirilişini talab qilgan. Hujjatda aytilişiça, hozirda Çad AQŞ bilan hamkorlikni davom ettirişga sodiqligini isbotlay oldi.

Yuqoridagi röyxatga Çaddan taşqari, Eron, Liviya, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Iroq kiritilgandi. Keyinçalik röyxatdan Iroq va Sudan çiqarib taşlangan, biroq Şimoliy Koreya va Venesuela amaldorlari kiritilgan.