Vazirlar Mahkamasining 3.04.2018 yildagi «Sabzavot-polizçilik, boğdorçilik va uzumçilik yönalişidagi fermer xöjaliklarining yer maydonlaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 258-son qarori e'lon qilindi.
Norma’ning yozişiça, yer şaroiti va suv ta'minoti oğir, past rentabelli va hosildorigi kam bölganligi munosabati bilan (oxirgi 3 yilda 15 sentnerdan kam bölgan) 99 371 gektar yer maydoniga paxta va ğalla joylaştirilmaydigan böldi. Bunday yerlar Sirdaryo (20 143 ga), Surxondaryo (16 222 ga), Namangan (11 294 ga) va Qaşqadaryo (10 000 ga) viloyatlarida köproq ekanligi aniqlandi.
2016–2018 yillarda paxta va ğalla joylaştiriladigan maydonlarni oldin qisqartiriş, şuningdek yuqorida tavsiflanganidek yerlarni böşatiş natijasida joriy yilda 1 319 269 ga maydonda 8 235 506 t meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiriladi.

Qişloq xöjaligi işlarini moliyalaştirişga 190 507 t YoMM, 120 090 t mineral öğitlar, 261 666 t uruğlik ajratiladi. Uşbu xarajatlarga, şuningdek agrotexnik tadbirlarni ötkaziş uçun «kafolat mablağlari»ni şakllantirişga 5 trln 739 mlrd 535 mln söm ajratiladi.
Hujjat 4.04.2018 yildan kuçga kirdi.












