Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi.

Farmonga köra, 2018 yil 1 iyuldan boşlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlarining huquqni qöllaş amaliyotini muvofiqlaştiriş, faoliyatini metodik ta'minlaş, «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimini yuritiş, FHDYoning hududiy arxivlariga rahbarlik böyiça vazifalar Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi zimmasiga yuklatilgan holda, FHDYo organlari tumanlar (şaharlar) hokimiyatlari tasarrufiga ötkaziladi.