31 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni B. Tashmatovning O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnika instituti bazasida idoraviy o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berilgan tashkilotlar xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyrug‘i imzolangan, 12 aprel kuni ushbu nizom Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Harbiy-texnik instituti bazasida tashkilotlarning idoraviy o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berilgan xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish tartibini belgilaydi.
Nizomga muvofiq maxsus kurslar quyidagilar bo‘yicha nazariy bilimlarni olish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadlarida tashkil etiladi:
(tayyorlash va qayta tayyorlash) fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mol-mulkni, qimmatbaho va xavfli yuklarni, maxsus pochtani qo‘riqlash, tabiat va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek qurol va maxsus vositalar muomalasiga doir qonun hujjatlarining asosiy talablari;
qo‘riqlanadigan obektlarni (kuzatilayotgan mol-mulklarni) qo‘riqlash, ularni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, qo‘riqlanadigan obektlarda ruxsat berish va obekt ichki rejimini ta'minlash, xizmat yo‘nalishlarida (postlarda) huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha xizmat vazifalari, ularni bajarish shakllari va usullari;
qo‘riqlashning (mol-mulklarni kuzatishning) ilg‘or muhandislik-texnik vositalari va usullari, zamonaviy radio hamda simli aloqa vositalarining turlari va texnik tavsiflari, ulardan foydalanish va radioaloqani tashkillashtirish qoidalari;
uyushgan guruh, jinoiy uyushma, terrorchilik-qo‘poruvchilik guruhlari va ularning a'zolari tomonidan qo‘llanilayotgan taktik usullar va ularning xususiyatlari, ular faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan portlovchi qurilmalar, qurol-yarog‘lar, texnik va boshqa vositalar;
shaxslarni, ularning buyumlarini va transport vositalarini ko‘zdan kechirishning ilg‘or muhandislik va maxsus texnik vositalari, ularning turlari, texnik tavsiflari hamda ulardan foydalanish tartibi;
tan jarohatlarining asosiy turlari bo‘yicha birlamchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari;
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda hodisalar va vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish;






