U hujjatni Oq uyda jurnalistlar iştirokida imzoladi. Jarayon Oq uy tomonidan translyatsiya qilindi.
Trampning aytişiça, yangi nom zudlik bilan kuçga kiradi. Jurnalistlardan biri prezidentdan kölni qayta nomlaş orqali Kanadaga qanday işora bermoqçi ekanini söradi. «Heç qanday», - deb javob berdi Tramp.
Ontario köli – Şimoliy Amerikadagi beşta Buyuk köldan biri bölib, Kanada va AQŞ çegarasida joylaşgan. U Buyuk köllar içida eng şarqda joylaşgani va maydoni jihatidan eng kiçigi hisoblanadi: uning maydoni qariyb 19 ming kv. km, örtaça çuqurligi – 86 m, eng çuqur nuqtasi esa taxminan 244 m. Kanadaning markazidagi eng aholisi ziç va iqtisodiy rivojlangan provinsiya ham şu köl nomi bilan ataladi.
Amerika yetakçisi kölni qayta nomlaş rejasi haqida ikki kun avval özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida xabar bergan edi. Uning sözlariga köra, bu AQŞning Ontario bilan biznes yuritişni davom ettiriş niyatida emasligi bilan boğliq. Öşanda AQŞ prezidenti Kanada rahbariyatini «masxarabozlar» deb atab, agar Ottava Vaşingtonga nisbatan hozirgi siyosatini davom ettirsa, bu oqibatlarga olib kelişi bilan tahdid qilgan.
Bundan sal avval Tramp 2027-yil yanvar oyidan boşlab Kanadadan keltiriladigan barça yengil va yuk avtomobillariga, avtomobil ehtiyot qismlariga hamda pölatga 50 foizlik boj joriy etilişini eʼlon qilgandi.
Tramp 2025-yil 20-yanvarida, özining ikkinçi prezidentlik muddatining birinçi kunida Meksika körfazini (Gulf of Mexico) Amerika körfazi (Gulf of America) deb qayta nomlaş töğrisida farmoyiş imzolagan edi. Uşbu qaror körfaz nomining AQŞ federal organlari tomonidan rasman qöllanilişiga tatbiq etiladi.
Şu bilan birga, Tramp butun suv havzasining xalqaro nomini bir tomonlama özgartira olmadi. Meksika, köplab xalqaro taşkilotlar va OAV singari, «Meksika körfazi» nomidan foydalanişda davom etmoqda.











