2025-yilda dunyodagi milliarderlar soni 8,2 foizga oşib, rekord darajadagi 3795 kişini taşkil etdi. Rossiyada bu körsatkiç 18 foizga ösib, 151 kişiga yetgan. Bu haqda Altrata kompaniyasining Billionaire Census tadqiqotida (.pdf) xabar berildi.
Umuman olganda, Rossiya milliarderlar soni böyiça dunyoda törtinçi örinni egalladi. Birinçi örinni katta farq bilan AQŞ band etgan bölib, u yerda dunyo milliarderlarining deyarli uçdan bir qismi – 1265 kişi istiqomat qiladi. 2024-yilda ularning soni 11,5 foizga köpaygan. Ikkinçi örinda 363 nafar milliarder bilan Xitoy (+13,1 foiz), uçinçi örinda esa 221 nafar vakil bilan Germaniya (+20,1 foiz) qayd etilgan. Şuningdek, Germaniya 15 ta davlat orasida eng yuqori ösişni namoyon etdi. Beşinçi örinni 132 nafar milliarder bilan Hindiston egallagan (+3,9 foiz).
Milliarderlarning umumiy boyligi 12,8 foizga ösib, rekord darajadagi 15,1 trillion dollarga yetdi. Sayyoramizning eng badavlat 29 nafar kişisi hissasiga milliarderlar umumiy boyligining 27 foizi töğri keladi, holbuki bu körsatkiç 2017-yilda 7 foizni taşkil etgan edi. Tahlilçilar bu yilgi ösişning asosiy omillaridan biri sifatida sunʼiy intellektga kiritilayotgan sarmoyalar hajmining keskin ortganini qayd etdi.












