AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar Yaponiya va boşqa ittifoqçilarga qurol sotiş jarayonini soddalaştirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Oq uy saytida xabar berildi.

«AQŞ Yaponiyaning mudofaa salohiyatini mustahkamlaş böyiça sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaydi, hamda biz Amerika qurolini Yaponiyaga qurolni xorijiy davlatlarga qurol sotiş dasturi orqali yetkazib beriş jarayonini soddalaştiriş variantlari ustida işlamoqdamiz. Biz buni faqatgina Yaponiyaga emas, balki boşqa ittifoqçilarga nisbatan ham qilmoqdamiz. Ular qurolni tezroq oladigan böladi», - deya aytib ötdi Tramp.

Uning sözlariga köra, ba'zida buyurtmani rasmiylaştiriş Mudofaa vazirligidagi byurokratiya tufayli yillar davomida amalga oşirilgan.

Şuningdek uning ta'kidlaşiça, «endi bunga bir neça kun ketadi».