Bugun, 11-avgust kuni jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudining yopiq sud majlisi yakunida Aziz Hakimovga (1975-yilda tuğilgan, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, vaqtinça işsiz) doir jinoyat işi yuzasidan sud hukmi öqildi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari xabar berdi.
Sudlanuvçining harakatlarida Jinoyat kodeksining 150-moddasida (uruşni tarğib qiliş) nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bölmagani sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uçun asoslar) 2-bandiga asosan oqlandi.
Şu bilan birga, Aziz Hakimov Jinoyat kodeksi 139-moddasining 2-qismida (tuhmat), 140-moddasining 2-qismida (haqorat qiliş) hamda 156-moddasining 2-qismida (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topildi.
Jinoyat kodeksining 59,61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan ötaş uçun uzil-kesil 4 (tört) yil, 2 (ikki) oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Şuningdek, sud hukmi bilan Raqamli texnologiyalar vazirligiga sudlanuvçi tomonidan yuritilgan «Telegram» messenjeridagi «Comrade_Aziz» kanalini bloklaş majburiyati yuklatildi.
Bundan taşqari:
iş böyiça 6 (olti) nafar jabrlanuvçiga özlariga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undiriş yuzasidan fuqarolik işlari böyiça sudga murojaat etiş;
sudlanuvçiga hukmga nisbatan yuqori sud instansiyasiga şikoyat beriş muddati va tartiblari tuşuntirildi.
Aziz Hakimov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Özbekiston Respublikasi suverenitetiga qarşi çiqişlar va sovet davri tarğiboti bilan şuğullangan. Şuningdek, uning 1930-yillardagi siyosiy qatağon qurbonlari hamda 1920-yillardagi milliy-ozodlik kuraşi iştirokçilari xotirasini qoralagan çiqişlari ham tarmoqlarda jiddiy bahslar va noroziliklarni yuzaga keltirgan. U Toşkent şahrida «Ölmas polk» tadbirlarini taşkil etişda ham faol iştirok etgan.
2025-yil avgustida Aziz Hakimov Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, jurnalist Şerzodxon Qudratxöjani kamsitgani uçun jarimaga tortilgan, unga bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari – 18 million 750 ming söm miqdorida jarima belgilangandi












