Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, joriy yilning dastlabki yetti oyida Özbekistonga jami 7 749 308 nafar çet el fuqarosi turistik maqsadlarda kelgan.
Bu körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,4 mln nafarga yoki 22,6 foizga köp.
Özbekistonga eng köp turist Qirğizdan taşrif buyurgan - yetti oyda ularning soni 2 177 108 nafarni taşkil etgan.
Keyingi örinlarda Qozoğiston - 1 855 562 nafar va Tojikiston - 1 728 978 nafar körsatkiç bilan qayd etilgan.
Şuningdek, Rossiyadan 710 824 nafar, Afğonistondan 281 200 nafar, Xitoydan 269 735 nafar turist Özbekistonga taşrif buyurgan.
Turkmanistondan kelganlar soni 192 830 nafarni, Turkiyadan - 111 908 nafarni taşkil etgan. Top-10 röyxatdan Hindiston 32 462 nafar va Koreya 26 512 nafar turist bilan ham örin olgan.
Şu tariqa, Özbekistonga turistik maqsadlarda kelgan xorijliklarning asosiy qismi qöşni Markaziy Osiyo davlatlari hissasiga töğri kelmoqda.









