Joriy yilning 23 aprelidan 4 mayiga qadar Özbekistonda Xalqaro valyuta jamğarmasining (XVJ) Statistika Departamenti işçi missiyasi öz faoliyatini olib bormoqda. Missiyaga XVJ Statistika departamentining Real sektor bölimi iqtisodçisi Levan Gogoberişvili boşçilik qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qömitasi axborot xizmati xabar berdi.

Missiyaning asosiy maqsadi Özbekistonda milliy hisobçilikning hozirgi holati bilan tanişiş, uni yanada takomillaştiriş uçun hamkorlik qiliş böyiça batafsil reja işlab çiqiş va Davlat statistika qömitasi mas'ul xodimlari uçun öquv maşğulotlari taşkil etiş hisoblanadi.

Foto: Davlat statistika qömitasi axborot xizmati

Şuningdek, missiya taşrifi davomida makroiqtisodiy statistikani şakllantiruvçi va makroiqtisodiy körsatkiçlar monitoringini amalga oşiruvçi boşqa vazirlik va idoralar (Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank va Moliya vazirligi) vakillari bilan amaliy uçraşuvlar ötkaziladi.

Foto: Davlat statistika qömitasi axborot xizmati

Taşrif dasturiga muvofiq 23 aprel kuni Davlat statistika qömitasida tegişli boşqarma xodimlari uçun kiriş öquv-seminari ötkazildi.

Missiya işi davom etmoqda.