Schneider Electric’ning Rossiya va MDH davlatlari böyiça prezidenti Yoxan Vanderplayetse sözlariga köra, kompaniya Özbekistonga qaytişga qaror qildi. Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda.
Uning sözlariga köra, Özbekiston yangi ma'muriyat kelişi bilan yangi yöllar oçmoqda.
«Schneider beş yil avval işbilarmonlik muhitiga boğliq holda öz faoliyatini töxtatgan bölsa ham, endi Özbekistonga qaytişga qaror qildi», - dedi Yoxan Vanderplayetse.
Uning sözlariga köra, Özbekiston katta aholi va ulkan salohiyatga ega mamlakat bölib, yana biznesga yöl oçilmoqda.
«Bu barçamiz uçun yaxşi xabar», - deya ta'kidlab ötdi Yoxan Vanderplayetse.
Schneider Electric energiya boşqaruvi va avtomatlaştiriş sohasidagi jahon eksperti sanaladi. 2015-moliyaviy yilda aylanmasi 27 milliard yevroga yaqin bölgan kompaniyaning 160 mingdan ortiq xodimlari dunyoning 100dan köproq mamlakatida faoliyat yuritib keladi.













