Peruda arxeologlar qurbonlikka keltirilgan bolalarning ommaviy qabrini topişdi – taxminan 140ta skelet. Tadqiqotçilarning ta'kidlaşiça, bu bugungi kunda ma'lum bölgan eng yirik ommaviy qabrdir. Qazilma işlari AQŞ Milliy geografik hamjamiyati tomonidan qöllab-quvvatlandi, topilma haqida National Geographic portali xabar bermoqda.

Foto: nationalgeographic.com
Foto: nationalgeographic.com
Foto: nationalgeographic.com

5 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalar va taxminan 18 oylik yoşdagi 200ta lama 550 yil muqaddam öldirilgan. Bolalar, katta ehtimol bilan, Çimu imperiyasiga tegişli bölgan – Kolumbga qadar davrdagi yuqori rivojlangan madaniyat. Bolalar va hayvonlarning qovurğalari singan, suyaklarda jarohat izlari bor. Ular bilan birga uç nafar yoşi katta odam ham dafn etilgan, jumladan – boşidan oğir jarohat olgan ikki ayol.

Qabr qurib qolgan loy qatlami bilan qoplangan, u kuçli yomğirlar tufayli kelib çiqqan suv toşqinlari sababli paydo bölgan bölişi mumkin. Ehtimol, suv toşqinlari tufayli yuz bergan agrar inqirozi mahalliy aholini qurbonlik keltirişga undagan bölişi mumkin, deb hisoblamoqda tadqiqotçilar.