Tailandda boks böyiça yoşlar örtasida ötkazilayotgan Osiyo çempionatida yarim final bahslari ötkazildi. Bu haqda KUN.UZ‘ga Boks federatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Yarim finalda vazni -52 kg bölgan Samandar Xolmurodov hindistonlik Baveş Kattimanni oçkolar hisobida mağlubiyatga uçratgan bölsa, -56 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalokov qozoğistonlik Bibars Jyeksen ustidan yirik hisobda ğalaba qozondi.

-81 kg vaznida Temur Merjanov eronlik Sajad Musavani, +91 kgdan oğir vazn toifasida Jamşidbek Mahmadaliyev hindistonlik Amanni, vazni -91 kg bölgan Javohir Toğaymurodov esa Janubiy Koreya vakili Kim Yon Syongni nokdaun holatiga tuşirib finalga yöl oldi. Endi ular bölib ötadigan final janglarida ringga kötarilişadi.
Şuningdek, özebkistonlik boksçilardan Jahongir Rahmonov qozoğistonlik Yermakxon Jakpekovga, Navo Tamazov esa mezbon boksçi Verapon Jongjoxoga imkoniyatni boy berib, bronza medalini qölga kiritdi.






