Toşkent şahar va «Minor» masjidi boş imom-xatibi Anvar qori Tursunov 19 kundan buyon komada yotgani ma'lum böldi. Bu haqda şoir Muhammad Ismoil özining Facebook-sahifasida yozib qoldirgan.
«Mana ön töqqiz kunki, uluğ ustozimiz, zamonamizning allomai kiromi, donişmand inson Anvar qori Tursun özlariga kelolmay, koma holatida yotibdilar. Juma namozida duo qilinglar, azizlar! Anvar aka halol, pokiza, töğrisöz va hamişa, hammavaqt hammaga yaxşilik qiliş payida yaşaydigan, keçayu kunduz elimizni, millatimizni duo qilib çarçamaydigan, ilmi urfon tarqatişni öz hayotining mazmuni, deb biladigan, hayotining boş maqsadi islom ahkomlarini keng yoyiş, kişilarni Qur'on va hadis nurlari bilan ziyolantiriş, Qur'on asosida yaşaşni oliy martaba, deb bilgan va Yer yuzida bugun istiqomat qilayotgan eng ulkan ulamolardan bittasidir.
Men qariyb öttiz yildan buyon u kişining yonlarida yurib, yuqorida aytgan sözlarimga ming bor iqror bölganman. Men uçun, Anvar aka döstim desam, döstimdan a'lo, aka desam, akamdan a'lo, ustoz desam, ustozdan a'lo insondir. Anvar aka musulmon bandasi borki, hamişa hammasiga çeksiz ehtirom körsatadigan, qalbi mehru muhabbatga töliq mehridaryo insondir.
Azizlar, muhtaram ustozimizni duo qilişingizni ötinib sörab qolaman! Biz yillar davomida Anvar akaning ilmu ziyosiga muhtoj edik, bugun u zot sizning duoingizga muhtoj, zora Sizning duoingiz sabab Olloh taolo şifoi komil ato etsa, ajab emas. Zero, yomğir bilan Yer kökarar, duo bilan el kökarar! Ollohim, ustozimizga soğlik salomatlik ato et, Özing buyuksan, Özing qudratli Parvardigorsan Ollohim!», – deb yozadi şoir.
Avvalroq Anvar qori Tursunov mikroinsultni boşdan keçirgani ma'lum qilingan edi. KUN.UZ tahririyati u kişini tezroq soğayib ketişini, oila a'zolari va döstu şogirdlari oldiga soğlom qaytişlarini tilab qoladi. Azizlar, haqiqatdan ham duoda kuç köp. Birimizniki bölmasa, birimizniki, albatta, qabul böladi. Duo qilaylik, Yaratganning özi duoimizni ijobat qilsin.







