Bugun, 8 iyun kuni saharda Toşkent şahri boş imom xatibi Anvar qori Tursunov vafot etgani haqida yana ijtimoiy tarmoqlarda asossiz ma'lumotlar tarqaldi.

Özbekiston musulmonlari idorasi Toşkent şahar vakilligining ma'lum qilişiça, Anvar qori Tursunovning vafot etgani haqidagi xabarlar yolğon, lekin uning ahvoli ayni paytda oğir, muolajalar davom etmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligidagi manbaning Kun.uz’ga bergan ma'lumotiga köra, Anvar qori Tursunov hayot, biroq uning ahvoli ayni paytda oğir holatdadir.

Eslatib ötamiz, bundan avvalroq ham ijtimoiy tarmoqlarda, norasmiy axborot sahifalarida Anvar qori Tursunovning vafot etganligi haqida yolğon xabar tarqatilgandi.
 
Anvar qori Tursunovga bu muborak kunlarda Alloh taolodan şifo sörab qolamiz. Tahririyat Anvar qori Tursunovning tezroq soğayib ketişini tilaydi.