Toşkent şahri boş imom xatibi Anvar qori Tursunov bugun, 13 iyun kuni tongda vafot etdi. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz’ga Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati tasdiqladi.
Anvar qori aprel oyi boşlarida mikroinsultni boşdan keçirib, şifoxonada qolayotgan edi. Keyinçalik uning komadan çiqqani aytildi, biroq ahvoli baribir oğirligi ma'lum qilingandi.
Anvar qori Tursunov 1958 yil 21 noyabrda Toşkent şahri Hamza tumanida xizmatçi oilasida tuğilgan. 1966-1976 yillarda Hamza tumanidagi 198-umumiy örta ta'lim maktabida tahsil olgan. 1981 yil Toşkent Davlat universitetining filologiya fakultetini, 2001 yil Toşkent islom institutini tamomlagan.
1981-1984 yy. – “Yoşlik” jurnalida muharrir, 1984-1987 yy. – Özbekiston Fanlar Akademiyasi ilmiy xodimi, 1987-1989 yy. – Toşkent şahar, Abdulla Qahhor uy muzeyi ilmiy xodimi, 1989-1994 yy. – Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi qoşidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Şarq adabiyoti böyiça katta muharriri, 1994-1999 yy. – Toşkent şahar, Yaşnobod tumani, “Yangiobod” jome masjidi imom-xatibi, 1999-2015 yy. – Toşkent şahar boş imom-xatibi hamda Toşkent şahar, Şayxontohur tumani «Xöja Axror Valiy» jome masjidi imom-xatibi, 2015 yildan Toşkent şahar boş imom-xatibi hamda Toşkent şahar, Yunusobod tumani «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
Anvar qori Tursunov 1989-1992 yillarda Qur'oni karimning birinçi tarjimasiga (Şayx Alouddin Mansur tarjimasi) muharrirlik qilgan. Anvar qori Tursunovning Ali ibn Ahmad Naysoburiyning «Asbobun nuzul» («Oyatlarning nozil böliş sabablari») tarjimasi, «Fazilatlar kitobi», «Inson mukarram zot» nomli kitoblari naşr etilgan.
Ma'lum bölişiça, marhumga janoza bugun asr namozidan söng «Minor» masjidida öqiladi.
KUN.UZ tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etadi.








