Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan davlat taşrifi bilan Özbekistonga keldi. Poytaxt aeroportida Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov mehmonni kutib oldi. Prezident matbuot xizmatida şu haqida xabar berildi. 

Ta'kidlaş joizki, Erdöğan Özbekistonga bir neça kunlik  taşrifi doirasida Toşkentda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşadi, Oliy Majlisda çiqiş qiladi va ikki mamlakatning yetakçi banklari hamda kompaniyalari rahbarlarining biznes-forumida iştirok etadi.

Turkiya prezidentining Toşkentga parvoz oldidan aytgan sözlariga köra, u 1 may kuni köhna Buxoroga borib, Buyuk Ipak yöli ötgan qadimiy şaharni ziyorat qiladi. 

"Buxoroga taşrif katta ahamiyatga ega. Turkiya Özbekistonda Imom Al-Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturudiy nomidagi islom tadqiqotlari markazini işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Bu masalani özbek hamkasbim bilan muhokama qilganmiz va tegişli kelişuvga erişganmiz. Taşrif davomida barça masalalar işlab çiqiladi. Aynan şuning uçun ham Özbekistonga katta delegatsiya yöl olmoqda", - dedi prezident.

Uning sözlariga köra, Özbekistonga taşrif ikki mamlakat munosabatlariga yangiça nafas bağişlaydi.