Sönggi kunlarda "Özbekenergo" AJ xodimlari tomonidan marhumlarga elektr energiya uçun qarzdorlik yozilgan holatlar aniqlanganligi töğrisidagi ma'lumotni köpçiligimiz öqib ulgurdik.

Aslida ayb kimda?

Töğri, marhumlarga tölov qoğozi kelişi bu ança ajablanarli holat. Ammo bu yerda boşqa masala bor. Bizning jamiyatda oila boşliği albatta yoşi katta, köpni körgan kişilar hisoblanadi. Tabiiyki, xonadondagi barça qimmatbaho buyumlar uy-joy, maşina va boşqalar - azaliy odatga köra, oila boşliğining ixtiyorida böladi. Demak, yaşab turgan uy-joyimiz ham ularning nomida. Şuning uçun ham barça kommunal tölovlar uyning bevosita rasmiy xöjayini nomiga rasmiylaştiriladi. Bu oddiy haqiqat.

Başarti vaqti kelib, xonadon egasining qazosi yetsa, qonunçilikka köra, uy-joyga egalik qiliş huquqi vasiyat qilingan şaxs yoki özaro kelişuvga asosan qarindoşlardan birining ixtiyoriga ötadi. Ana şu holatda uy hujjatlarini qayta rasmiylaştiriş xonadonning yangi sohibining majburiyati hisoblanadi. Jumladan, barça kommunal idoralarni bundan boxabar etiş ham şu majburiyatlar sirasiga kiradi. Bu iş öz muddatida bajarilmas ekan, yuqorida keltirilgan “ajoyibot”lar nafaqat elektr energiyasida, balki boşqa kommunal tölovlarda ham kelib çiqaveradi.

Qars bitta qöldan çiqmagan...

Iste'molçi öz fuqarolik majburiyatini bajarmasa, yuqoridagi holatlar yana va yana takrorlanişi şubhasiz. Şunday ekan hamma aybni "Özbekenergo"ga ağdariş ham insofdan emas. Töğri, taşkilot faoliyatida bir qator kamçiliklar közga taşlanayotgani sir emas. Ayniqsa qişning sovuği eşik qoqmay, ta'minotdagi uzilişdan dökonçi Ğaybulla ham xabardor. Ammo, iş bor joyda xato ham böladi, tan olib aytiş kerakki, ötgan mavsumda elektroenergiya bilan boğliq muammolar, boşqa kommunal xizmatlar bilan taqqoslaganda, deyarli kam uçradi.

Masalaga oydinlik kiritiş maqsadida, “Özbekenergo” AJ vakillari bilan boğlanganimizda, bunday holatlarni oldini oliş maqsadida butun respublika böyiça barça aholi iste'molçilari uçun “Elektrohisob” dasturiy kompleksi yölga qöyilgani ma'lum qilindi.

Uşbu tizimning asosiy afzalligi şundaki, elektr energiyasi iste'molçilari uçun töğridan-töğri mobil telefonlari (SMS-xabar) va Internet tizimi (iste'molçi “Şaxsiy kabineti”) orqali elektr energiyasi iste'moli haqida barça kerakli ma'lumotlarni oliş imkoniyatlari yaratilgan.

Xususan,

- iste'molçi öz vaqtida tölov qabul qilinganligi töğrisidagi ma'lumotni SMS xabarnoma orqali olişi;