17:33 / 12.05.2018
25424

12 may – Xalqaro hamshiralar kuni ekanini bilasizmi?

Har yili 12 may – Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda, shu jumladan, yurtimizda ham keng nishonlanadi. Joriy yilgi Xalqaro hamshiralar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan “Salomatlik – inson huquqi, uni ta'minlashda hamshiralarning o‘rni va istiqboli” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan 11-12 may kunlari poytaxtdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Salomatlik – inson huquqi, uni ta'minlashda hamshiralarning o‘rni va istiqboli” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot  xizmati xabar bermoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Anjuman davomida aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishda hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan o‘rta tibbiyot xodimlaridan bir guruhi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Sog‘liqni saqlash a'lochisi” ko‘krak nishoni va faxriy yorlig‘i hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Anjuman doirasida ishtirokchilarning Toshkent shahri va viloyatida joylashgan muqaddas qadamjolarga ziyorati uyushtirilib, mustaqillik yillarida barpo etilgan bino va inshootlar bilan yaqindan tanishtirildi. 

Tadbir yakunida tibbiyot muassasasi, jumladan, tibbiyot hamshirasi faoliyatiga soha amaldorlari emas, balki oddiy odamlar, aholining bevosita o‘zi xolis baho beradigan tizim yaratilgani va ushbu mezon orqali baholanishi qayd etib o‘tildi.  

Top