Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan joriy yilning 4 may kuni “Mamlakatni demokratik yangilaş jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmon qabul qilindi.
Farmon bilan bevosita Özbekiston Respublikasi prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça maslahat kengaşi taşkil etilib, uşbu kengaşga fuqarolik jamiyatini va keng jamoatçilikni taşvişlantirayotgan dolzarb masalalarni muhokama qiliş, şuningdek mazkur sektorning holati va rivojlaniş tendensiyasi haqida bevosita Özbekiston Respublikasi prezidentini muntazam ravişda xabardor qiliş va Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça qulay şaroitlar yaratiş yuzasidan prezidentga takliflar kiritiş vazifasi yuklatildi.
Şuningdek, Farmonda NNT faoliyatiga doir kamçilik va tösiqlarni bartaraf qiliş maqsadida joriy yilning 1 iyunidan boşlab yangiça tartiblar örnatilişi qayd qilindi.
Xususan, NNTga ma'lum darajada qiyinçiliklar keltirib çiqarişga sabab bölib kelayotgan NNTning tadbirlarni kelişiş tartibi bu haqida xabardor qiliş tartibi bilan almaştirildi.
Mavzuga oid: Şavkat Mirziyoyev NNT faoliyatiga tösqinlik qilayotgan kamçiliklarni belgilab berdi
Şu bilan birga, bu sohadagi ortiqça qoğozbozlikni tugatiş maqsadida 2019 yil 1 yanvargaça bölgan muddatda:
NNTni va ularning ramzlarini davlat röyxatidan ötkaziş, qayta röyxatdan ötkaziş;
NNTning ötkazilişi rejalaştirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qiliş;
NNTning öz faoliyati töğrisidagi yillik hisobotlari;
NNT tomonidan çet davlatlardan, xalqaro va xorijiy taşkilotlardan, çet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topşiriğiga binoan boşqa şaxslardan pul mablağlari va mol-mulk olişni kelişiş elektron tarzda amalga oşirilişi belgilab qöyildi.
Şu bilan birga, NNT tomonidan pul mablağlari va mol-mulkdan erkin foydalanişini ta'minlaş maqsadida NNTga Xorijiy sub'yektlardan kelib tuşgan pul mablağlari va mol-mulkdan foydalaniş böyiça (röyxatdan ötkazuvçi organ bilan belgilangan tartibda kelişilgandan söng) barça tösiqlarni olib taşlanadi.
Şuningdek, NNTga har qanday bank xizmatlarini körsatiş böyiça özlariga ma'qul va qulay bölgan bankning xizmatidan foydalanişni ta'minlaş maqsadida NNTga xorijiy grant mablağlari mazkur taşkilotlarning istalgan bank muassasalarida oçilgan maxsus hisobvaraqlariga kelib tuşişiga ruxsat beriladi.
Nodavlat notijorat taşkilotlari tomonidan işçi-xodimlarga yagona ijtimoiy tölov stavkasi 25 foiz miqdorida qöllanilişi NNTga homiylik va a'zolik badallaridan kelib tuşadigan pul mablağlarini aniq manzilli yetkazilişida uzilişlarga sabab bölayotgan edi.
Şunga köra, farmon tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq bölmagan kelib tuşgan mablağlar hisobidan şakllantiruvçi nodavlat notijorat taşkilotlari uçun yagona ijtimoiy tölov stavkasi 15 foizdan köp bölmagan miqdorga tuşirilişi nazarda tutildi.
Amaldagi “Jamoat fondlari töğrisida”gi Qonun talablariga köra jamoat fondi ma'muriy xarajatlarining, şuningdek, vasiylik kengaşi
va taftiş komissiyasi a'zolariga beriladigan mukofot puli tölovlarining va ular öz vazifalarini bajarişi bilan boğliq xarajatlar kompensatsiyasining yillik umumiy summasi fondning barça xarajatlari summasining 20 foizidan oşmasligi lozim edi.
Bu esa, fond tomonidan xodimlarini fond ustavida körsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oşirişdagi mehnatlarini rağbatlantirişda ma'lum qiyinçiliklar keltirib çiqarar edi.
Şu munosabati bilan, Farmonda jamoat fondi ma'muriy xarajatlarining, şuningdek, vasiylik kengaşi va taftiş komissiyasi a'zolariga beriladigan mukofot puli tölovlarining va ular öz vazifalarini bajarişi bilan boğliq xarajatlar kompensatsiyasining yillik umumiy summasi fondning barça xarajatlari summasining 20 foizidan 30 foiziga oşirilişi belgilab berildi.
NNTning pensioner xodimlariga pensiya ularning mazkur taşkilotlardagi faoliyati yagona iş joyi bölgan taqdirda, töliq tölanişi kabi imkoniyatlar amaliyotga joriy qilinadi.
Farmon bilan NNTning eng asosiy muammolaridan biri bölgan bino masalasi “Nodavlat notijorat taşkilotlari uylari”ni taşkil etiş orqali yangiça usul bilan hal qiliş belgilab berildi.
Mazkur “Uylar”dagi xonalar NNTga ijara tölovining “nol” stavkasini qöllagan holda joylaştiriş nazarda tutilmoqda.
Şu bilan birga, farmonda bugungi kunga qadar e'tibordan çetda qolayotgan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari tomonidan olib borilayotgan öziga xos mehnatni qöllab-quvvatlaş maqsadida “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun” kökrak nişonini ta'sis etiş belgilab qöyildi.
Xulosa qilib aytganda, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari NNTning huquqiy maqomi, roli va ahamiyatini kuçaytirişga qaratilgan. Bundan közlangan maqsad ularning yanada samarali faoliyat olib borişlarini ta'minlaşdan iborat.
Adliya vazirligi mas'ul xodimi
J.Uzakov











