Özbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Ramazon oyi munosabati bilan Xasti Imom majmuasida öqilayotgan tarovih namozi vaqtida ibodat qiliş uçun kelayotgan haydovçilarga murojaat qildi. U uşbu muborak oyda faqatgina kunduzlari yeb içişdan özini tiyiş bilan maqsad töla hosil bölmasligini, aksinça odob-axloqni ham sayqallab, ayniqsa şahar joylarda masjidlarga avtomaşinalarida keluvçilar e'tiborliroq bölsa, yanada yaxşi bölişini bildirdi. 

“Alloh Taolo “rözadorga rözasining savobini özim beraman” deydi. Demak, rözadorga beriladigan mukofotning heç bir çegarasi yöq. Uning ölçami yöq. Uni qançalik ekanini faqat Alloh Taolo biladi. 

Rözador qaçon şunday mukofotga sazovor böladi? Rözador faqat yeyişlik-içişlikdan özini tiyişda emas, qöli bilan, tili bilan birovga ozor berişlik, ğiybatdan, çaqimçilikdan, yoki harakati va holati bilan boşqalarga ozor berişdan töxtagandagina rözasi komil va mukammal böladi hamda Alloh Taoloning yuqorida aytilgan mukofotiga sazovor böladi.

Mana respublikamiz böylab 1115ta masjidda Xatmi Qur'on bölyapti. Toşkent şahrining özida 112ta masjidda Qur'on xatm qilinmoqda. Endi Toşkent şahri poytaxt bölgani sababli, qaysi masjidga borsangiz joy yöq, odamlar gavjum. Ana şunday vaqtda, mömin-musulmonlar avtoulovlarni joylariga qöyişda tartib bilan, rözadorligini esdan çiqarmasdan, ya'ni boşqa harakatning xavfsizligini ta'minlagan holda odob bilan, yöl harakatini tartibga solayotgan xodimlarning sözlariga quloq tutib, iş qilsa, rözasi yanada mukammal böladi.

Bizning şunday duolarimiz ijobat böladigan keçalardagi iltimosimiz şuki, qoldirilgan avtoulovlarimiz heç kimga xalal bermasin. Ana şunda qilgan duolarimiz ham ijobat, tutgan rözalarimiz ham qabul böladi”, - dedilar muftiy hazratlari.  

Şu örinda KUN.UZ sayti ham nafaqat Toşkent şahri, balki Özbekiston avtohavaskorlari, haydovçilari hamda yöl harakatining boşqa iştirokçilarini özaro hurmatni unutmaslikka, yöl harakati qoidalariga rioya qilişga çaqirib qoladi.