"Bölğusi qişloq xöjalik ekinlari hosilini suğurta qiliş mexanizmini takomillaştiriş töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori muhokama uçun e'lon qilindi.
Hujjat bilan qişloq xöjalik sohasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda yangiça uslublarni keng qöllaş, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarini turli tabiiy ofatlar natijasida köradigan zararlardan suğurta mexanizmi orqali himoyalaş mexanizmlarini işlab çiqiş va amaliyotga joriy qilişni ta'minlaş maqsadida paxta xomaşyosi va boşoqli don ekinlari hosilini suğurtalaş böyiça işlab çiqilgan “Bölğusi qişloq xöjalik ekinlari hosilini suğurta qiliş töğrisida”gi Nizomni, “Qişloq xöjaligi ekinlari holati monitoringini ötkaziş Tartibi”ni hamda “Qişloq xöjalik ekinlarini suğurta qiliş mexanizmi”ni tasdiqlaş nazarda tutildi.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda paxta xomaşyosi va boşoqli don ekinlarini yetiştirişda ob-havoning va boşqa tabiiy ofatlarning har yili bir maromda kelmasligini hisobga olgan holda mavjud paxta xomaşyosi va boşoqli don ekinlarini yetiştiruvçi xöjalik sub'yektlariga bölğusi qişloq xöjalik ekinlari hosilini töliq suğurta qilinişi ta'minlaşi belgilab qöyiladi.
Suğurta taşkilotlari paxta xomaşyosi va boşoqli don ekinlari yetiştiruvçi xöjalik sub'yektlari bilan ekinlar hosili qiymatining 2 (ikki) foizi miqdorida suğurta qiliş xarajatlariga ajratiş böyiça har yili:
ğalla hosili uçun 10 dekabrgaça;
paxta hosili uçun 20 aprelgaça muddatlarda suğurta şartnomalarini rasmiylaştirişi mumkin.
Tuman hokimlari hamda tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşlari birgalikda paxta xomaşyosi va boşoqli don ekinlarini yetiştirişni moliyalaştiriş uçun ajratiladigan kredit mablağlari me'yorlarida suğurta xarajatlari uçun yetarli miqdorda mablağlar ajratilişi közda tutilişini ta'minlaşi nazarda tutilgan.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga suğurta xarajatlari uçun ajratiladigan mablağlar miqdori ekinlar hosili suğurtasining zararlilik darajasidan kelib çiqqan holda har yili qayta körib çiqiş va agrotexnik tadbirlarini moliyalaştiriş jarayonida ekinlar hosili qiymatidan kelib çiqqan holda suğurta xarajatlari me'yori miqdoriga özgartiriş kiritiş vakolati berilişi mumkin.
Tuman hokimlari tomonidan tasdiqlangan işçi guruhlari hamda ob-havoni kuzatiş markazi xodimlari ekinlarni ekiş va parvarişlaş davrida agrotexnik va vegetatsiya tadbirlarga rioya qilinişi böyiça doimiy monitoringni taşkil etadilar.








