Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jahon adabiyotining eng sara namunalarini özbek tiliga hamda özbek adabiyoti durdonalarini çet tillariga tarjima qiliş va naşr etiş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan belgilanişiça, şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq 2018 yildan boşlab har yili:
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Maktabgaça ta'lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Özbekiston Matbuot va axborot agentligi, Özbekiston yoşlar ittifoqi boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kelgusi yil uçun jahon adabiyotining eng sara namunalarini özbek tiliga hamda özbek adabiyoti durdonalarini çet tillariga tarjima qiliş va naşr etiş rejalaştirilgan adabiyotlar röyxati hamda ularning adadi böyiça takliflarni 2018 yilda 15 iyungaça, 2019 yildan boşlab har yili 1 aprelgaça Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga taqdim etadi;
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi qoşida tuzilgan maxsus komissiya har yili 1 iyungaça Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan birgalikda kelgusi yilda tarjima qilinişi va naşr etilişi rejalaştirilayotgan jahon adabiyotining eng sara namunalari hamda özbek adabiyoti durdonalarining mazmuni va ğoyasini örganib çiqib, ularni naşr etişga tavsiya etadi;
Özbekiston Matbuot va axborot agentligi Yozuvçilar uyuşmasining tavsiyasi asosida jahon adabiyotining eng sara namunalarini özbek tiliga hamda özbek adabiyoti durdonalarini çet tillariga tarjima qiliş yuzasidan davlat buyurtmasini şakllantiradi hamda har yili 1 iyulgaça tasdiqlaş uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Jahon adabiyotining eng sara namunalarini özbek tiliga hamda özbek adabiyoti durdonalarini çet tillariga tarjima qiliş böyiça davlat buyurtmasi beriş sxemasi işlab çiqildi.
Davlat buyurtmasi quyidagi mezonlarga asosan şakllantiriladi:
aholi, ayniqsa, yoşlarning intellektual saviyasini östirişga xizmat qiladigan, yuksak insoniy fazilatlarni uluğlaydigan, odob-axloqqa çaqiradigan jahon adabiyotining badiiy jihatdan yetuk eng sara namunalariga bölgan talabni örganiş;
xalqimizning, ayniqsa, yoş avlodning ma'naviyati yuksalişi, milliy tafakkuri rivojlanişi uçun ma'naviy muhit yaratiş;
xorijiy davlatlar naşriyotlari, tahririyatlari, taniqli çet el adabiyoti namoyandalari bilan ijodiy aloqalar örnatiş, öquvçilarni xorij adabiyotining yorqin namunalari bilan yaqindan taniştirib boriş;
















