AQŞning Netflix köngiloçar kompaniyasi payşanba, 24 may kungi savdolarda Disney’dan ötib ketdi va oqimli onlayn-uzatiş bilan şuğullanuvçi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Bu haqda Variety yozmoqda.
Payşanba kungi savdolarda Netflix aksiyalari qiymati 1,3 foizga ösib, 349,29 dollarni taşkil qildi. Bu körsatkiç kompaniyaga taxminan 161 mlrd dollarlik bozor kapitalizatsiyasini beradi. Ötgan yildagi şu sana bilan taqqoslansa, Netflix narxi 82%ga oşdi.
Disney aksiyalari esa, aksinça, 0,7%ga tuşib ketib, 102,11 dollarni taşkil qildi. Hozirgi vaqtda uning bozordagi kapitalizatsiyasi taxminan 152 mlrd dollarga teng.
Naşrdan ta'kidlaşlariça, Netflix servisi 2018 yilning birinçi çoragiga Qöşma Ştatlar va xorijdagi obunaçilar miqdori böyiça öz prognozlarini yangilab böldi. Ayni damda Netflix’ga butun dunyo böylab 125 mln kişi obuna bölgan.








