Netflix özining original telekörsatuvlaridan birida generativ sun’iy intellekt yaratgan vizual effektlardan birinçi marta foydalanganini e’lon qildi. Bu esa kompaniyaga budjetni tejaşga yordam bergan, SI maxsus effektga qaraganda 10 baravar tezroq uşbu sahnani yasab bergan. Biroq boşqa kinostudiya asosçilari buni “hunarni oyoqosti qiliş” deb baholamoqda.

Kompaniyaning boş ijroçi va asosiy kontent direktori Ted Sarandosning sözlariga köra, körsatmalar asosida video va tasvirlar işlab çiqaradigan sun’iy intellektdan Argentinaning “Eternautlar” ilmiy-fantastik şousida binoning qulaşi sahnasini yaratiş uçun foydalanilgan.

Uning sözlariga köra, aynan sun’iy intellekt işlab çiqariş guruhiga ketma-ketlikni tezroq va arzonroq narxda bajarişga imkon berdi.

Biroq generativ sun’iy intellektdan foydalaniş köngiloçar industriyada bahsli mavzu. Çunki boşqalarning işlaridan ularning roziligisiz foydalaniş muammosi – ya’ni mualliflik huquqini inobatga oliş kerak böladi.  

Direktor Sarandos bu borada Netflix daromadlari haqida qilgan çiqişida gapirib ötgan. Ma’lum bölişiça, kompaniya  iyun oyining oxirigaça bölgan davrda ötgan yilgiga qaraganda 16 foiz köp daromad qilgan. Şu davrda foyda 2,1 mlrd dollardan 3,1 mlrd dollarga oşgan.

Netflix’ning qöşimça qilişiça, kutilganidan yaxşiroq foyda olinişiga Janubiy Koreyaning “Squid Game” (“Kalmarlar öyini”) trillerining uçinçi va yakuniy seriyasi muvaffaqiyati sabab bölgan, bu esa hozirgaça 122 million tomoşani jalb qilgan.

Direktorning ta’kidlaşiça, “The Eternauts” filmida qöllanadigan Buenos-Ayresdagi binoning qulaşini körsatuvçi ketma-ketlikni sun’iy intellekt maxsus effektlarga qaraganda 10 baravar tezroq bitkazib bergan.

“Maxsus effektning narxi bu budjetdagi şou uçun imkonsiz bölar edi. Bu Netflix’ning original seriali yoki filmini suratga olişda işlatilgan birinçi sun’iy intellekt mahsuloti böldi. Şunday qilib, ijodkorlar natijadan hayratda qolişdi”, dedi Ted Sarandos.

Sun’iy intellekt 2023 yilda Gollivuddagi iş taşlaş paytida kötarilgan asosiy taşvişlardan biri edi. Amerika televideniye va radio san’atkorlari uyuşmasi SIdan foydalanişni qattiqroq tartibga solişga çaqirdi. Sanoatdagi ba’zilar kinoda sun’iy intellektdan foydalanişni tanqid qilib, uni “hunarni kamsituvçi” deb atadi.

2024 yilda kinomagnat Tayler Perri SI tomonidan yaratilgan videolarning tez rivojlanişi iş joylariga ta’sir qilişidan qörqib, Atlantadagi studiyasini 800 million dollarga kengaytiriş rejalarini töxtatdi.