Twitter asosçisi va rahbari Jyek Dorsi Avstraliyada jurnalistlar bilan suhbatda noutbukdan foydalanmasligini aytgan, çunki unda uning özi yöq. “Men barça işni telefonda qilaman”, deb tuşuntirgan Dorsi. U hattoki matnlarni ham yozişda telefondagi ovozli kiritişdan foydalanadi.

Dorsining fikriça, kompyuter va telefonlar insonning butun vaqtini olişi mumkin, çunki ularda juda köp qiziq narsalar yaşiringan. Bu yuz bermasligi uçun esa Dorsi bir neçta narsalarni odat qilgan: ertalab işga çiqmagunça telefonni tekşirmaydi, işlaşi kerak bölsa, barça ogohlantirişlarni öçirib qöyadi. 

Dorsining tuşuntirişiça, ogohlantirişlarsiz telefon ekrani bir dastur bilan egallangan böladi va unga kiruvçi xabarlarga javob berişga töğri kelmaydi. “Men noutbukdagi bölgani kabi köz oldimda doimo sakrab çiqib keladigan xabarlar örniga oldimdagi narsaga töliq e'tiborimni mujassamlay olaman”, deb qöşimça qilgan Dorsi. 

Dorsi yiğilişlar vaqtida çalğimaslik uçun gadjyetlarni uzoqroqqa olib qöyişni tavsiya qilmoqda. “Uçraşuvlarda biz e'tiborni jamlay oliş va bir soatni şunçaki emas, balki mazmunli ötkaziş uçun telefonlarni olib qöyamiz va noutbuklarni yopib qöyamiz” deb aytgan Dorsi. Uning fikriça, agar kompyuter va telefonlar yoqiq bölsa, yiğiliş barça çalğigani sababli benaf ötadi.

Dorsi xavfsizlik va şaxsiy ma'lumotlarni himoyalaş haqida gapiriladigan bölsa, bunda muhimi doimo şu narsani yodda tutiş kerakligini aytgan. U barça foydalanuvçilarga özlarining barça akkauntlarida ikki faktorli  autentifikatsiyani yoqib qöyişni tavsiya qilgan. “Bilaman, bu azobdir, biroq juda muhim”, deb aytgan Dorsi.